-
Iroqning Karbalo shahrida Imom Husayn vafotining qirqinchi kunida nishonlanadigan Arbain marosimini oʻtkazib qaytayotgan pokistonlik shialarning uchta avtobusi halokatga uchradi. YTHlarda kamida 38 kishi halok boʻldi, oʻnlab ziyoratchilar jarohatlandi.
-
HAMAS bilan urush boshlanganiga qariyb 11 oy boʻldi. Isroil rahbarlari Gʻazo sektoriga hujumni shiddatli tarzda davom ettirayotganiga qaramasdan, urushning oxiri koʻrinmaydi, aksincha, yanada kengroq toʻqnashuvlarga aylanish alomatlari koʻrinyapti, mamlakat iqtisodiyoti esa zoʻriqmoqda. Urush boshlanganidan beri 46 mingga yaqin korxona yopildi, ularning 75 foizi kichik biznes vakillari.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 325 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Saratov va Engelʻsdagi koʻp qavatli turar-joy binolariga hujum qildi, dedi Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin. Shuningdek, Engelʻs tumanidagi Pribrejniy qishlogʻida yana toʻrtta xususiy uy zarar koʻrdi. Hujumlar natijasida bir kishi ogʻir yaralangan.
-
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish markazi umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanishini maʻʻlum qildi. Umra dasturiga koʻra, ziyoratchilar 3 kun Madinada, 7 kun Makkada boʻlishadi.
-
Frantsiya hukumati Telegram asoschisi Pavel Durovni hibsda saqlash muddatini 96 soatgacha (4 kun) uzaytirdi. Durov firibgarlik, giyohvand moddalar savdosi, kiberbulling, uyushgan jinoyatchilik va terrorizm tashviqoti kabi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Telegram ushbu ayblarni rad etdi.
-
Rossiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Elena Dibova NTV telekanaliga bergan intervʻyusida mamlakatdagi harbiy zavodlarda ishlaydigan odam yoʻqligini taʻʻkidlab, xizmat koʻrsatish, jumladan, kurʻerlik va taksichilikni taqiqlab, ushbu sohalarda ishlaydiganlarni harbiy zavodlarga joʻnatishni taklif qildi.
-
Oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun - 31 avgustdan 4 sentyabrgacha dam olishadi.
-
Zamonaviy dunyomizda sodir boʻlayotgan barcha mojarolarni – Gʻazo va Falastindan tortib, Venesuela, Kolumbiya, Afrika mamlakatlari hamda Ukrainagacha koʻrib chiqsak, bu mojarolar va urushlarning negizida AQSh, Britaniya, Frantsiya va boshqa mustamlakachilarning etakchilik mavqeyini saqlab qolish yoʻlidagi urinishlari ekanini koʻramiz. Ular, shunchaki, oʻzlarining harbiy ustunligi, halokatli qurollarga egaligi va boyligiga tayanib, oʻz gegemonligini isbotlashga urinmoqda. Biroq tarix imperiyalar faqat boylik va harbiy kuch-qudratning oʻzi bilan yashay olmasligini hisobsiz ravishda isbotlagan. Imperiyaning axloqiy, siyosiy va ijtimoiy tanazzuli uning muqarrar zavolidan darak beradi.
-
Isroilning Shin Bet xavfsizlik agentligi rahbari Ronen Bar Gʻarbiy Sohilda yahudiy kelgindilar terrori nazoratdan chiqib ketgani uchun bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu, milliy xavfsizlik vaziri ITamar Ben-Gvir va boshqalarni tanqid qildi. Bar Gʻarbiy Sohilda “Tepalik yoshlari” degan nom bilan tanilgan, falastinliklarga qarshi qotillik, oʻt qoʻyish va qoʻrqitish kampaniyasini olib borayotgan yahudiy ekstremistlarning xatti-harakatlarini jinoyat sifatida emas, balki terrorizm sifatida tasniflash kerakligini aytdi.