Rossiyada kurʻer va taksi haydovchilarini harbiy zavodlarga yuborish taklif qilindi
Rossiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Elena Dibova NTV telekanaliga bergan intervʻyusida mamlakatdagi harbiy zavodlarda ishlaydigan odam yoʻqligini taʻʻkidlab, xizmat koʻrsatish, jumladan, kurʻerlik va taksichilikni taqiqlab, ushbu sohalarda ishlaydiganlarni harbiy zavodlarga joʻnatishni taklif qildi.
Rossiya Savdo-sanoat
palatasi vitse-prezidenti Elena Dibova Rossiyada kurʻer va taksi haydovchilarini
taqiqlashni hamda ushbu sohalarda ishlaydiganlarni harbiy zavodlarga yuborishni
taklif qildi. Amaldor ayol oʻz tashabbusini "mamlakatda davlat mudofaa
buyurtmasini bajaradigan hech kim yoʻq"ligi bilan izohladi. Ushbu sohalarda
asosan mehnat muhojirlari ishlaydi.
"Yoʻq, hurmatli
oʻrtoqlar, vaziyat shunday: doʻkonga piyoda borishingizga toʻgʻri keladi. <…> Faoliyatning
ayrim turlari taqiqlanishi
lozim. Yoki fabrikalarimizda ishlaydigan hech kim boʻlmaydi va biz shunchaki xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanamiz. Yoki
bularni amalga oshiramiz:
birinchidan, bu oʻtkir mobilizatsiya stsenariysi, ikkinchidan, xohlaymizmi yoki yoʻqmi, mehnat unumdorligi
bilan shugʻullanishimiz kerak”, — dedi Dibova NTV telekanalida.
Rossiya amaldorlari
birinchi marta asosan mehnat muhojirlari ishlaydigan kurʻerlik
va taksichilik kabi sohalarda band boʻlganlarni harbiy zavodlarga yuborishni taklif
qilayotgani yoʻq. Oʻtgan yilning bahorida Tatariston sanoat va savdo vaziri Oleg
Korobchenko ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqqan edi. “Kurʻerlar, taksi
haydovchilari va pitstsa etkazib beruvchilarning ulkan armiyasi oddiy kasb-hunar
egallashi va fabrikalarimizda ishlashi uchun hamma narsani qilishimiz kerak”, degan
edi u. Amaldorning taʻʻkidlashicha, respublikadagi korxonalar 4 ming ishchiga muhtoj
va "bu ehtiyoj oʻsishda davom etmoqda".
Iyulʻ
oyida Vladimir Putin ham sanoatdagi kadrlar etishmovchiligi muammosini hal qilish
uchun hukumatdan 2028 yilga qadar 1 millionga yaqin “koʻk xalatlilar”ni tayyorlashni
talab qilgan edi. Bundan tashqari, prezident kollej va texnikumlarning
moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, kasb-hunar taʻʻlimi tizimini mehnat
bozori ehtiyojlariga moslashtirish zarurligini taʻʻkidladi.
Oʻtgan yil oxirida Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot
instituti 2023 yil oxirida Rossiyada kadrlar etishmovchiligi 4,8 million ishchini
tashkil etganini
maʻʻlum qilgandi.