Joriy yilda yuz bergan uchta voqea bizga oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab, 2010-yilning oʻrtalarigacha boʻlgan muddatda dunyoga kelgan Z avlod (zumerlar)ning global oʻzgarishlardagi rolini koʻrsatmoqda. Albatta kelgusida geosiyosiy oʻyin qoidalarini belgilashda mintaqa aholisining 32 foizini tashkil qiluvchi yoshlar muhim oʻrin tutadi.

Birinchi hikoya: ijtimoiy tarmoqlar Isroil va uning gʻarbdagi tarfdorlarining 7 oktyabrʻ voqealari  haqidagi tushunchalariga tamoman zid boʻlgan kontent bilan toʻldi. Falastinliklar genotsidga qarshi chiqib, hodisalar boʻyicha oʻz talqinlarini ilgari sura olishdi. Mazkur holat arab va islom olamidagi boykot harakatlari, Amerika va Evropaning ayrim universitetlaridagi talabalar namoyishlari va qarshilik harakatlari bilan toʻldirilgan edi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Gʻazodagi toʻqnashuvlar zumerlarning ilk haqiqiy urushiga aylandi. Gʻazoda urushning boshlanishi va daryodan dengizgacha choʻzilgan ozod Falastin davlatini qurish gʻoyasi Z avlodning hayotiy maqsadlari, qadriyatlari va hatto hayot maʻʻnosi toʻgʻrisidagi tushunchalariga ham taʻʻsir qildi.

 Ikkinchi hikoya: Keniya bosh vazirining Xalqaro valyuta fondi (XVJ) bilan soʻzlashma badalini eng nochor ijtimoiy qatlamlarning zimmasiga yuklovchi qonun loyihasini imzolashiga qarshi isyoni.

Soliqlarning oshishi bilan bogʻliq bir-biriga zid takliflar tufayli kelib chiqqan mazkur norozilik harakati mamlakatni nazoratli va tartibli tarzda boshqarish uchun boshlangan keng koʻlamli kampaniyaga aylandi. Namoyishlar oʻtgan yilning 18 iyunʻ kuni boshlangan.

Yana bir muhim ahamiyatga ega xabar: yaqinda bangladeshlik talabalar oʻlkani hammadan ham koʻra uzoq muddat boshqargan bosh vazir Shayx Hasinani qochib ketib, isteʻʻfo berishga majbur qilishdi.

Joriy yilning 14 iyulʻ kuni bamisoli alanga kabi boshlangan talabalar namoyishi sabablaridan biri – hukumatning iqtisod sohasida olib borgan adolatsiz siyosatidir. Shu paytgacha Bangladesh yoshlarining  41foizi na tahsil olish, na ishga joylashish imkoniga ega edi.

Eronda ham Z avlod 2022 yilgi namoyish qatnashchilarining asosiy qismini tashkil qilgandi. Undan avval boʻlib oʻtgan “Arab bahori” voqealarida aynan shu yoshlar etakchi rolʻ oʻynagan edi.

Yoshlar adolatsizliklarga jim qarab turmay, ularni oʻz rohati uchun munosib hayot kechirishdan mahrum qilgan siyosiy rejimlarga qarshi chiqishdi. Bugun ham zumerlar oʻz manfaatlari yoʻlida begunoh insonlarning qonini toʻkayotgan xoin hukumatlar, kompaniya va tashkilotlarning rasmiy vakillari bilan aloqalarni uzishga intilishmoqda.

Chindan ham Bangladesh, Keniya va boshqa mamlakatlar iqtisodiyotining talon-taroj qilinishi, kleptokratik hukumat (korruptsiyaga mukkasidan ketgan siyosatchilarning maxfiy tarzda boyishi), mamlakatlar kelajagiga raxna solayotgan tashqi qarzlarning zalvorli yuki va boshqa notoʻgʻri boshqaruv oqibatlarining barchasi yosh avlodni tushkunlikka uloqtirmoqda. Davlat apparati ularni qoʻllab-quvvatlashi kerak boʻlgan bir paytda amaldorlar zumerlarni oʻzlariga dushman deb bildi va doimo zulm qilishga, ovozlarini oʻchirishga intildi. 

Z avlodga mansub kollej talabalari orasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, ular oʻzlarini tolerant, stereotip fikrlashdan xoli masʻʻuliyatli va qatʻʻiyatli insonlar deb bilishadi.

Qiziq, endi biz mana shu tilga olingan hikoyalar bilan birga muallifi yangi Z avlod boʻlgan “yangicha yoshlar siyosati”ni kashf etdik, deya olamizmi? 

Raqamli tarbiya: mazkur avlod toʻlaligicha raqamli olamda katta boʻldi. Internet, smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Mazkur nasl texnologiyalarni yaxshi tushunadi va raqamli texnologiyalardan oʻz hayotining turli jabhalarida osongina foydalana oladi.  Ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etayotgan hayotlari esa ularni oʻziga xos avlodga aylantiryapti. Oqibatda esa ular oʻzlaridan oldingi avlodga nisbatan koʻproq bosim ostida qolishmoqda.

Texnologiyalar bilan tanishuv zumerlarning umidlari va oʻzlarini tutishlariga, yurish-turishlariga ham taʻʻsir qilmasdan qolmadi. Ijtimoiy tarmoqlarning haddan ziyod yoyilishi bu avlodga ruhiy taʻʻsir oʻtkazmoqda. Oldingilardan farqli ravishda bu yoshlar oʻzlarining tashqi koʻrinishiga juda katta ahamiyat berishadi. Z avlod vakillari ijtimoiy tarmoqlardan “doʻstlarimiz bizni boshqa ijtimoiy tabaqaga mansub deb oʻylashsin”, degan maqsadda foydalanishadi.

Global miqyosdagi qiziqish va adolat hissi: Z avlod vakillari koʻp maʻʻlumotlarni osongina qoʻlga kirita olganliklari uchun ham global muammolarni  yaxshi tushunishadi.  Ular internet orqali dunyoga bogʻlangan holda kelajak borasida yaxshiroq fikr yuritishadi. Ota-bobolariga qaraganda xalqaro muammolardan yaxshiroq xabardor boʻlib, jahonda yuz berayotgan voqealarga koʻz yuma olishmaydi.

Internet sababli vujudga kelgan global darajadagi oʻzaro bogʻliqlik xalqaro muammolarni hal qilishga boʻlgan masʻʻuliyatni oshirmoqda.

Yoshlar butun dunyodagi marginallashgan jamiyatlarning turli kurashlariga hayrihohlik bildirishga moyil. Jumladan, ularga falastinliklar tortayotgan azob-uqubatlar ham qattiq taʻʻsir qilmoqda. Zumerlarning ushbu urushni global kontekstda koʻra olishlari yana bir oʻziga xoslikni namoyon etadi. Z vakillari boyliklar va umumiy foydaning notoʻgʻri ishlatilishiga hassos yondoshib, iqlim oʻzgarishi va tobora kengayib borayotgan ekologik muammolardan qattiq tashvishga tushishadi.

Rivojlanish va moslashuv: Ziddiyatli siyosatning barcha shakllari vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, shu sababdan qatnashuv strategiyasi va qarshilik koʻrsatish shakllari aslo oʻzgarmaydi.  Oʻzgarishlarga boʻlgan idealistik munosabatlarga qaramay, oʻzining pragmatikligi va real qarashlari bilan ham tanilgan zumerlar oʻzlari duch keladigan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga moslashish va ularni tushunish qobiliyatiga ham egalar.

Mustaqil bilim olish: yoshlar amaliy xarakterga ega boʻlgan bilim olishni yoqtirishadi va oʻqituvchilar internetdan ham osongina topishi mumkin boʻlgan shunchaki quruq dars oʻtish bilan cheklanmay, maʻʻlumotlarni tahlil qilib, amaliyotda ham qoʻllashni oʻrgatishlarini istashadi. Z avlod biz bugun oʻrganib qolgan barcha tartib va jamiyatlarni ham oʻzgartirishni istashi bilan kattalardan farqlidir.

Referent guruhlarning fragmentatsiyasi: oilalardagi avlodlararo ajratilish shuni koʻrsatadiki, yoshlar koʻpincha oʻz ota-onalaridan tashqari har qanday referent guruhni oʻzgartirishi mumkin. Bu taʻʻsir ularga diniy olimlar, etakchilar, siyosiy liderlar va OAV orqali etib kelmoqda.

Bu avlod vakillari ochiq aytilmagan, tushuntirilmagan yoki oʻylab topilgan maʻʻlumotlarni yoqtirmaydi: ular jurnalistikaga aloqasi boʻlmagan va muayyan rejalarga koʻra ish tutmaydigan insonlarga tegishli xabarlarni afzal koʻrishadi. 

Ijtimoiy tarmoqlar koʻpincha filʻtrdan oʻtkazilmagan kontentni taklif qilgan holda, oʻsha xabarni etkazuvchi shaxsning voqeaga boʻlgan shaxsiy qarashlarini ham ifodalaydi. Bu yoshlarga toʻqnashuvlarda bevosita qatnashayotgan insonlarning qarashlari bilan ham tanishish imkonini beradi. Gʻazodagi holat bunga yaqqol misoldir.

Mazkur kommunikatsion tizim  Z avlodni siyosatchilar va OAVning xolisligiga shubha bildirib, tanqidiy-tahliliy fikr yuritishlarini taʻʻminlagan boʻlishi mumkin.

 Albatta, ushbu asosiy xususiyatlarning sanab oʻtilishi Z avlod vakillari orasida umuman farq yoʻq, ular bir xil fikrlashadi, degani emas. Ularda koʻplab etnik, iqtisodiy mayllar va intellektual qolip fikrlashlar ham mavjud. Shunga qaramay, zumerlarning aksariyati umumiy gʻoya va qarashlarga ham ega.

Bangladesh va unga yaqin mintaqalar boʻyicha mutaxassis boʻlgan sotsiolog Osif Bayatning aytishicha, “bugungi yoshlar faoliyati ularning shunchaki siyosatda faol ekanliklarini bildirmaydi”: zumerlarning hayotiy tajribasi ijtimoiy sinf, guruh, jins, kasb, qabila kabi identik koʻrsatkichlar bilan ham kesishadi. 

Bu kabi xususiyatlar Z avlodning dunyo manzarasiga taʻʻsir qilib, katta urushlar va qon toʻkilishlariga sabab boʻlayotgan muammolarni bartaraf etishiga yordam bersa ajab emas.     


Hisham Jaʻʻfar, jurnalist va tadqiqotchi


Saida Darieva tarjimasi

Mavzuga aloqador