26.08.2024 13:45
1012

Bombalanayotgan Gʻazo: 325-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 325 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri, Xon Yunis va Gʻazo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 28 kishi vafot etdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Qalqilya, Xalil, Nablus, Baytlahmga bostirib kirishadi. Salfit shahrida bosqinchilar mashinani otib tashladi, 2 falastinlikni oʻldirdi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Sionistlarning tinch aholini qirgʻin qilishiga va xalqimizni koʻchirilishiga javoban M90 Makadma raketasi bilan Tel-Avivga hujum qildik.

▪️Bosqinchilarning havo mudofaasi Gʻazodan kelayotgan raketalarga bardosh bera olmadi. Koʻchmanchilar orasida yaradorlar ham bor.

▪️Natsistlarning hududga hujum qilish tahdidi ortidan Deyr al-Balahdagi Al-Aqsa kasalxonasi bemorlari boshqa joylarga koʻchishga majbur boʻlmoqda.

▪️Kolumbiya universitetidan Falastin tarafdori namoyishchilar Gʻazoni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz mitinglarini davom ettirdilar.