Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar 4 kun dam oladi
Oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Dam olish
kunlari Shavkat Mirziyoevning 2023 yil yil dekabrdagi «2024 yilda rasmiy
sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish
kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi farmonida belgilangan.
Unga
koʻra:
31 avgust
— olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
1
sentyabrʻ — Mustaqillik bayrami kuni;
2
sentyabrʻ — koʻchirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi
sababli);
3
sentyabrʻ — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
4
sentyabrdan esa barcha xodimlar yana toʻliq ishga qaytadi.
Maktab,
akademik litsey, kollej va texnikumlarda darslar 4 sentyabrdan, oliy taʻʻlim
muassasalarida esa 9 sentyabrdan boshlanadi.