Umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanadi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish markazi umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanishini maʻʻlum qildi. Umra dasturiga koʻra, ziyoratchilar 3 kun Madinada, 7 kun Makkada boʻlishadi.
2024 yil
10 sentyabrʻ kunidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita
tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi. Oʻzbekistonliklar
"Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri
reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.
Ziyoratchilarimiz Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7
kun boʻladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat
ellikboshilar hamda malakali shifokorlar hamyurtlarimizga hamroh boʻladi.
Madina shahrida “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Marmara
Group Hotel” mehmonxonalarida yurtdoshlarimiz istiqomat qiladilar. Mehmonxonalar
3-4 oʻrinli boʻlib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etilishi maʻʻlum qilindi. Mehmonxonalarda tibbiyot
punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat
yuritadi.
Eslatib
oʻtamiz, “Umra” safariga fuqarolar xususiy sayyohlik agentliklari orqali yoki
mustaqil ravishda borishlari ham mumkin.