28.09.2024 20:00

UNRWA: Isroilni gʻazablantirgan BMT agentligi tugatiladimi?



Gʻazoda gumanitar vaziyat kun sayin yomonlashib bormoqda. Buning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli harakatlar Isroilning vayronkor xatti-harakatlari sabab kutilganidek samara bermayapti. Hozirgi kunda bu borada faol harakat qilayotgan tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Falastinlik qochqinlarga yordam berish uchun moʻljallangan Yaqin Sharq agentligi UNRWA’dir. 

Isroil shu vaqtga qadar ushbu gumanitar tashkilot taʻʻminoti ostidagi 188 ta infratuzilmani vayron qildi. Bu ham etmaganidek, haqiqiy terrorchi sionistlar UNRWA’ni “terroristik tashkilot”, deb eʻʻlon qildi. 

Shu bois, 7 oktyabrdan hozirga qadar bosqinchilar Gʻazo sektoridagi BMTning infratuzilmasini toʻliq nishonga olgan holda yoʻq qilishga harakat qilib kelmoqda. 

Natija dahshatli – UNRWA hisob-kitoblariga koʻra, urush boshlanganidan beri tashkilot boshpanalarida kamida 561 nafar odam halok boʻlgan va 1768 kishi yaralangan. Shuningdek, 274 nafar tezkor yordam va 500 dan ortiq tibbiyot xodimi oʻldirilgan.

Bu raqamlar Gʻazoda davom etayotgan Isroil qirgʻini keltirgan barcha boshqa raqamlarga toʻliq mos keladi. Hech kim ayab oʻtirilmadi: na shifokorlar, na fuqarolik mudofaasi xodimlari, na shahar hokimlari va na yoʻl politsiyasi xodimlari.

Biroq bularning bari shunchaki “umumiy jazolash”dan koʻra kattaroq bir maqsadga xizmat qiladi. 

Isroil oldingi Gʻazo urushlari davrida boʻlgani kabi,  tashkilotga qilgan hujumlarini yashirishga yoki oqlashga urinmayapti. Telʻ-Aviv hech qanday dalil keltirmagan holda oʻnlab yillar davomida millionlab Falastin qochqinlariga taʻʻlim, tibbiyot va gumanitar xizmatlar koʻrsatib kelayotgan Yaqin Sharq agentligiga qarshi xalqaro obroʻsizlantirish kampaniyasini boshladi.

Ahamiyatlisi shundaki, baʻʻzi gʻarbiy va hatto gʻarbiy boʻlmagan davlatlar Isroilning UNRWA’ni jazolash chaqiriqlariga javoban, zaruriy mablagʻlarni toʻxtatib qoʻyishdi. 

Toʻgʻri, bir qator davlatlar keyinroq BMT tarkibidagi agentlikni moliyalashtirishni qayta tiklashdi, ammo bunday harakatlar faqat katta zarar etkazilgandan keyingina amalga oshirildi. Qolaversa, Gʻarb davlatlarining aksariyati UNRWA obʻʻektlarini doimiy nishonga olgani uchun Isroilga qarshi hech qanday choralar koʻrmadi. 

Bu befarqlik Isroilga shu qadar ulkan jasorat berdiki, 29 may kuni Isroil Knesseti (parlamenti) UNRWA’ni “terrorchilik tashkiloti” deb eʻʻlon qildi. Qonun loyihasi bir oʻqishdayoq qabul qilindi. 

Keyinchalik, 18 iyulʻ kuni Isroil vakili Dovud Menser UNWRA rahbarini “terrorchilikka xayrixoh”, deb aybladi.

Aslida Isroilning Yaqin Sharq agentligiga nisbatan nafrati hozirgi urushdan ancha oldin paydo boʻlgan. Bir necha yillar davomida Isroil hukumati Tramp maʻʻmuriyatining yordami bilan agentlikni butunlay yopishga harakat qildi.

Maʻʻlumot uchun, UNRWA 1949 yil 8 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 302-qarori bilan tashkil etilgan. Uning tashkil topishi BMTning 194-sonli qarorining qabul qilinishidan bir yil keyin sodir boʻlgan, bu qaror Falastin qochqinlariga “oʻz uylariga qaytish” huquqini bergan edi.

Garchi tashkilotning missiyasi doimiy mandatga aylanib ketgan boʻlsa-da, Falastin qochqinlariga uylariga qaytish huquqi berilmaganligi sababli, agentlikning roli hozir ham avvalgidek muhim. 

Urush boshlanganidan buyon oʻnlab mamlakatlar agentlikni qoʻllab-quvvatlash ishida faol boʻlishdi. Irlandiya mana shunday mamlakatlar ichida etakchilardan biri hisoblanadi. U mart oyining oʻzida tashkilotni qoʻllab-quvvatlash uchun 22 mlnga yaqin pul ajratgan. 2022 yil statistikalariga koʻra AQSh, Germaniya, Evropa Ittifoqi, Shvetsiya, Norvegiya, Yaponiya kabi mamlakatlar agentlikni qoʻllab quvvatlash borasida old oʻrinlarni egallagan boʻlsa-da, Isroil ayblovlaridan soʻng bu harakatlar cheklandi.

UNRWA’ning 1.17 milliard dollarlik byudjetining eng yirik uch homiysi boʻlgan AQSh, Germaniya va Evropa Ittifoqining xayriya mablagʻlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori deyarli 75 yillik BMT organiga ogʻir zarba boʻldi.

“Falastinning etnik tozalanishi” kitobi muallifi Ilan Pappe ushbu davlatlarning agentlikni moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini qattiq tanqid qilib, Al Jazeera telekanaliga shunday dedi: “Butun Gʻarb mamlakatlari Isroilning UNRWA haqidagi koʻrsatmalariga koʻr-koʻrona ergashmoqda”.

Avstraliya, Avstriya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Islandiya, Italiya, Yaponiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Ruminiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar agentlikni moliyalashtirishni toʻxtatishdi.

Belʻgiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Turkiya va albatta Irlandiya kabi davlatlar UNRWA’ni qoʻllab-quvvatlashda davom etishdi.

1 fevralʻ kuni tashkilotga 2022 yilda 12,6 million dollar ajratgan Belʻgiyaning Bosh vazir oʻrinbosari Petra De Sutter X platformasida shunday yozdi:

"Belʻgiya UNRWA’ni moliyalashtirishni davom ettiradi. Ushbu agentlik Gʻazoda shoshilinch va muhim gumanitar yordam koʻrsatishda beqiyos rolʻ oʻynaydi".

2022 yilda BMT organiga 25,2 million dollar ajratgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon mavjud vaziyatni tahlil qilib:
"BMT Yaqin Sharq agentligi xodimlariga qarshi hujumlarni koʻrish bizni xafa qiladi. Jafokash xalq himoyasi uchun ham uni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak", dedi.

Nima sababdan Irlandiya Falastin ahliga xayrixohlik bildirmoqda?

Irland xalqining Britaniya boʻyinturugʻidan ozod boʻlish yoʻlidagi matonatli kurashi uning falastinliklarga hamdardligining asosiy sababi hisoblanadi. 

Isroilning Gʻazodagi davomiy urushini qoʻllab-quvvatlab kelayotgan mamlakatlardan farqli oʻlaroq bosh vazir Varadkar falastinliklarni faol qoʻllab-quvvatlashini bildirgan. 

Nima uchun AQSh xayriya yordamlarini davom ettirishni istamayapti?

AQSh UNWRA’ni moliyalashtirishni qayta tiklamagan yagona yirik donordir. Kamida keyingi yilgacha bu borada hech qanday oʻzgarish kutilmayapti.

23 mart kuni Kongress Yaqin Sharq agentligiga qaratilgan mablagʻlarni 2025 yil martigacha taqiqlovchi toʻrtta qonun loyihasini qabul qildi. Ayni damda, u Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik yordam ajratdi. Bu qadam Isroil hukumati tomonidan mamnunlik bilan qarshi olindi.

Etakchi demokrat Berni Sanders nafaqat Isroilni qurollantirish, balki Yaqin Sharq agentligi faoliyatiga salbiy taʻʻsiri uchun ham qonun loyihasiga qarshi chiqishini bildirdi. 

“Gʻazoda yuz minglab Falastin bolalari ocharchilikka duch kelayotgan bir paytda, bu qonun inson hayotini saqlab qolish uchun gumanitar yordam koʻrsatayotgan BMTning yordam agentligi – UNRWA’ni moliyalashtirishni taqiqlaydi. Bu Gʻazodagi allaqachon dahshatli tus olgan vaziyatni yanada kuchaytiradi”, deydi u oʻz bayonotida.

Isroil nima uchun UNRWA’ni yoqtirmaydi?

Isroilning tashqi ishlar vazirligi vakili Oren Marmorstein shunday dedi: “UNRWA va Gʻazo bilan bogʻliq muammo bir nechta bemaza olma muammosi emas. Bu ildizlari HAMAS boʻlgan zaharli va chirigan daraxtdir.”

May oyining oxirida Isroil parlamenti Yaqin Sharq agentligini “terrorchilik tashkiloti” deb eʻʻlon qilish toʻgʻrisida qonun loyihasini qabul qilgach, bu qadamni Qatar, Saudiya Arabistoni va Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti (MSF) qoraladi. 

MSF bosh kotibi Kristofer Loker bu harakatni “gumanitar yordamga qarshi bemaʻʻni hujum va Falastin xalqini ommaviy jazolash harakati” deb atadi.

Shu bilan birga, Evropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Jozef Borrelʻ ham “Yaqin Sharq agentligini “terrorchilik tashkiloti” deb atashga urinishlarni rad etishini aytib oʻtdi.

“Qanday qilib BMT tarkibidagi agentlik terrorchilik tashkiloti boʻlishi mumkin?”deya qoʻshimcha qildi Borrelʻ.

Falastinliklarga yordam agentligini qanday kelajak kutmoqda? 

2023 yil 30 iyunʻ kuni UNRWA’ning mandati 2023-2028 yillar uchun strategik reja eʻʻlon qilinganidan keyin yana uch yilga uzaytirilgan edi.

Biroq bir yil oʻtib, Gʻazo va Yaqin Sharq agentligi jiddiy hujumlarga duchor boʻldi: uylar va binolar portlatildi, infratuzilma vayron boʻldi, oʻn minglab oddiy odamlar oʻldirildi.

Agentlik xodimlarining halok boʻlishi, inshootlarining vayron boʻlishi va bosqinchilarga xayrixoh, nufuzli tanqidchilarning bosimi oqibatida yirik muammolarga duch kelmoqda. 

Shuningdek, Donalʻd Trampning Oq uyga qaytishi ehtimoli ham agentlikning mavjudligiga tahdid boʻlishi mumkin. 

BMT bu muammolarni yaxshi anglab turibdi. Hozirda agentlik oʻrnini bosa oladigan muqobili mavjud emas. Shu bois ham xalqaro doirada mamlakatlar gumanitar yordam agentligini himoya qilishga, Falastinni qoʻllab quvvatlagan holda Isroilning uzun tomir otib borayotgan ildizlarini yoʻq qilishga jiddiy kirishishlari lozim.