Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 357 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Rafah va Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 36 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 41534 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageridagi muhojirlar uchun Al-Faluja maktabiga hujum qilishdi. 17 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi. Al-Aqsa kasalxonasidagi chodirlarga ham zarba berildi.

▪️Hizbulloh 11 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Rafael harbiy majmuasi, Dadu bazasining qoʻmondonlik shtab-kvartirasi, Jalila diviziyasi va uning Amiadadagi omborlari, Samson bazasi hujumga uchradi. Safadga 80 ta raketa, Kiryat Ataga 50 ta raketa otilgan.

▪️Isroilning Livan shaharlariga uyushtirgan hujumlarining toʻrtinchi kunida 92 kishi halok boʻldi, 153 kishi yaralandi. Shahidlarning umumiy soni 700 kishidan oshdi.

▪️Tel-Avivda Yamandan ballistik raketa uchirilgandan soʻng 2 milliondan ortiq kelgindilar bombapanohlarga yashirindi. Hujum va talotoʻplarda 17 ta bosqinchi jarohatlandi.

▪️Norvegiya: Falastinliklarga iqtisodiy yordamni kuchaytirish kerak. Hozirda Falastin davlatini yaratishga qaratilgan keng xalqaro koalitsiya mavjud.

▪️Saudiya Tashqi ishlar vazirligi Falastin davlatini yaratish boʻyicha xalqaro koalitsiya tuzilganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador