Shin Bet rahbari: Gʻarbiy Sohilda yahudiy terrorizmi nazoratdan chiqib ketdi
Isroilning Shin Bet xavfsizlik agentligi rahbari Ronen Bar Gʻarbiy Sohilda yahudiy kelgindilar terrori nazoratdan chiqib ketgani uchun bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu, milliy xavfsizlik vaziri ITamar Ben-Gvir va boshqalarni tanqid qildi. Bar Gʻarbiy Sohilda “Tepalik yoshlari” degan nom bilan tanilgan, falastinliklarga qarshi qotillik, oʻt qoʻyish va qoʻrqitish kampaniyasini olib borayotgan yahudiy ekstremistlarning xatti-harakatlarini jinoyat sifatida emas, balki terrorizm sifatida tasniflash kerakligini aytdi.
Isroilning
Shin Bet xavfsizlik agentligi rahbari mamlakat rahbariyatini Gʻarbiy Sohildagi
yahudiy terrorizmi nazoratdan chiqib ketgani va milliy xavfsizlikka jiddiy
tahdidga aylangani haqida ogohlantirdi, deb yozadi
The Guardian nashri.
Ronen Bar
bu haqda bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu, bosh prokuror va Isroil vazirlar mahkamasi
aʻʻzolariga yoʻllagan maktubida yozgan. Ularning baʻʻzilari
zoʻravonliklarning kuchayishiga sababchi boʻlayotgan ekstremist kelgindilarning ochiq tarafdorlari.
Tanqid qilinganlardan biri – milliy xavfsizlik vaziri Itamar
Ben-Gvir Shabak boshligʻini ishdan boʻshatishga chaqirdi. Biroq bu juma kuni mudofaa
vaziri Yoav
Gallantning tanbehiga sabab boʻldi.
Barning maktubida diqqat Gʻarbiy Sohilda “Tepalik yoshlari”
degan nom bilan tanilgan, falastinliklarga qarshi qotillik, oʻt qoʻyish va qoʻrqitish
kampaniyasini olib borayotgan zoʻravon jangarilar, yahudiy ekstremistlarga
qaratilgan.
Bar ularning xatti-harakatlarini jinoyat sifatida emas, balki
terrorizm sifatida tasniflash kerakligini aytgan.
“Bu jinoyat emas, chunki bu qoʻrqitish zoʻravonlikdan
foydalanishdir. Bu terror”,
- deb yozgan u. Jangarilar “chaqmoqlardan
urush qurollariga” oʻtishdi, degan xavfsizlik boshligʻi bu qurollarning bir qismi
davlat tomonidan taqdim etilganini qoʻshimcha qilgan.
Terror kampaniyasi, deyiladi maktubda, "yahudiylik va
barchamiz uchun katta dogʻ boʻldi".
Shin Bet direktori oʻtgan oy Ben-Gvirning Quddusdagi islomning
eng muqaddas joyi boʻlgan al-Aqso masjidi va Qubbatus-Saxra majmuasiga kelganida
koʻrsatgan "tomosha"si haqida gapirdi. Maʻʻbad togʻi yahudiylar uchun ham
muqaddasdir, biroq oʻnlab yillar davomida yahudiylar unga kirishi mumkin boʻlsa-da,
u erda faqat musulmonlar ibodat qilishiga kelishilgan edi. 18 iyulʻ kuni u erda Ben-Gvir kameralar oldida ibodat qilib, holatni
butunlay oʻzgartirishga vaʻʻda berdi.
Barning ogohlantirishicha, bunday harakatlar "koʻp qon
toʻkilishiga va davlat qiyofasini tanib boʻlmas darajada oʻzgartirishga" olib
kelishi mumkin.
Millatchi rahbariyat, deya xulosa qilgan Bar oʻz mafkurasi nomidan "davlat xavfsizligi va uning
mavjudligini xavf ostiga qoʻyishga tayyor edi".
N12 nashrining xabar berishicha, Ben-Gvir Barning maktubidan
keyin Isroil xavfsizlik kabineti yigʻilishini tark etgan va uni ishdan boʻshatishga
chaqirgan.
Netanyaxu hali Barni ishdan boʻshatishni gapirmasa-da, biroq
Shabak rahbari va tashqi josuslik agentligi Mossad direktori Devid Barnini Gʻazo
tinchlik muzokaralaridagi faoliyati uchun tanqid qilib, ular HAMAS tomonidan garovga olinganlarni
ozod qilish boʻyicha kelishuv uchun Isroil xavfsizligini qurbon qilishga tayyor
ekanliklarini bildirgan.
Biroq Bar va
Ben-Gvir oʻrtasidagi janjalda Netanyaxu xavfsizlik vaziri tarafini oldi.
Barning oʻtgan hafta yuborilgan, lekin payshanba kuni kechqurun
Isroilning 12-yangiliklar kanali tomonidan nashr etilgan maktubi Netanyaxu koalitsiyasining oʻta oʻng qanoti va
Isroil xavfsizlik apparati oʻrtasidagi keng va keskin tafovutni ochiqlaydi.