Ukrain uchuvchisiz uchoqlari Saratov va Engelʻsdagi koʻp qavatli uylarga hujum qildi
Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Saratov va Engelʻsdagi koʻp qavatli turar-joy binolariga hujum qildi, dedi Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin. Shuningdek, Engelʻs tumanidagi Pribrejniy qishlogʻida yana toʻrtta xususiy uy zarar koʻrdi. Hujumlar natijasida bir kishi ogʻir yaralangan.
“Ayol kishi
ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda”, —
deb yozdi viloyat rahbari Telegramdagi kanalida.
“ChP Saratov” nashri tomonidan chop etilgan kadrlarda
dronlarning koʻp qavatli uylarga qulagani aks etgan. Busargin, oʻz navbatida,
barcha uchuvchisiz uchoqlar
havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini va uylarga ularning parchalari tushganiga
ishontirmoqda.
Umuman olganda, Ukraina Qurolli kuchlari 26 avgustga oʻtar
kechasi Rossiya hududi boʻylab 20 ta dronni uchirdi. Zarbalar Saratov, Kursk, Belgorod, Bryansk,
Tula, Oryol va Ryazan viloyatlarida berilgan. Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga
koʻra, barcha uchuvchisiz uchoqlar Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.
Belgorod gubernatori Vyacheslav Gladkov oʻzining Telegram kanalida ikkita FPV droni Krasnaya Yaruga-Vyazovoe shossesida
yoʻlovchi avtomobiliga hujum qilgani, natijada ikki fuqaro jarohatlangani haqida
yozdi. “Krasnoyarj markaziy tuman kasalxonasida mina portlashi, miya chayqalishi va
turli oskolʻka
jarohatlari olgan erkak va 17 yoshli qizga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi”, —
dedi viloyat rahbari.
Eslatib
oʻtamiz, 21 avgustga oʻtar kechasi Moskva urush boshlanganidan beri eng kuchli
uchuvchisiz uchoq hujumlaridan biriga duchor boʻldi: poytaxtga 10 ta dron hujum
qildi. Dastlabki uchta uchuvchisiz uchoq ertalab soat uchlarda Podolʻskda poytaxtga yaqinlashganda urib
tushirilgan, qolgan ettitasi keyingi bir soat ichida havo hujumidan mudofaa
tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Moskvadan tashqari, 21 avgustga oʻtar kechasi
Bryansk, Tula va Kaluga viloyatlariga ham uchuvchisiz uchoqlar
hujum qildi: u erlarda
mos ravishda 15, 2 va 3 ta uchuvchisiz uchoq yoʻq qilindi. Bundan
tashqari, Rostov viloyati gʻarbida raketa urib tushirilgan. Belgorod viloyati
gubernatori Vyacheslav Gladkov ham mintaqadagi “bir nechta havo nishonlari” yoʻq
qilinganini bildirdi.