Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga roppa-rosa bir yil boʻldi. Oxirgi 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Jabaliya lageri va Rafahga hujum qildi. Soʻnggi 24 soat ichida isroillik bosqinchi kuchlari Gʻazo sektorida oilalarga qarshi uchta ommaviy qotillikni amalga oshirdi, kamida 45 falastinlik halok boʻldi va 256 kishi yaralandi.

▪️7 oktyabrdan beri Isroil hujumida halok boʻlgan falastinliklar soni 41 870 kishiga etdi, yana 97 16 6 kishi yaralangan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️Isroil samolyotlari Dayr al-Balahdagi Al-Aqsa kasalxonasi hududida qurilgan chodirlarni oʻqqa tutdi. Al-Jazira jurnalisti yaralangan.

▪️Bosqinchilar bostirib kirganidan keyin minglab falastinliklar Jabaliya lagerini tark etishmoqda. Bu erda Rafahdan koʻchirilgan 162-diviziya joylashgan.

▪️Al-Qassam brigadalari urushdan bir yil oʻtib ozodlik kurashini davom ettirmoqda. Jabaliya lageridagi bosqinchilar yoʻq qilindi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Al-Xalil va Qalkiliyaga bostirib kirdi. Bir keksa falastinlik bosqinchilar uyiga bostirib kirib, uni kaltaklaganidan keyin vafot etdi.

▪️Hizbulloh Hayfadagi Karmel harbiy bazasi va Tiberiyadagi Nimra bazalariga raketalar uchirdi. 10 bosqinchi yaralangan.

▪️Livanda Isroil samolyotlarining tungi bombardimonlari natijasida 12 kishi halok boʻldi, 20 dan ortiq kishi yaralandi.

▪️Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy: Al-Aqsa toʻfon operatsiyasi Isroilni 70 yil orqaga qaytardi.

Mavzuga aloqador