1451 yilda tugʻilgan. Uning ismi Muhammad boʻlib, Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Kuchining oʻgʻli Shiban, (arablashgan shakli Shaybon) sharafiga Shayboniy Xon (Shiban Xon, Shayboq Xon [Sheybek] Xon, Shoh Baxt Xon, Shohi Beg Xon) unvoni bilan tanilgan. Otasining ismi Shoh Budak, onasi esa qalmoq malikalaridan boʻlgan Oqqoʻzi Begimdir. Moʻgʻul xoni Yunusxon tomonidan otasi oʻldirilib, oʻsha yili bobosi Abulxayrxon ham vafot etgach, ukasi Mahmud bilan Otabek Uygʻurxon va amir Karachin bek himoyasida Dashtiqipchoqni tark etadi; Astaraxan (Ashtarxon)ga borib, Qosimxon dagohidan panoh topadi. Keyin temuriylardan Ahmad mirzo hukmronligi ostida boʻlgan Buxoroga koʻchib oʻtadi. Buxoro madrasalarida tahsil oladi, arab va fors tillarini oʻrganadi. Yassaviya va naqshbandiya shayxlari bilan yaqin aloqalar oʻrnatadi. Keyin Dashtiqipchoqqa qaytib keladi; Sirdaryo boʻyidagi Arkuk va Sigʻnoq (bugungi Qoʻrgʻon qurbongohi harobalari) kabi shaharlarni egalladi. 1488 yilda Chigʻatoy xoni Mahmud xizmatiga kiradi va muvaffaqiyatlari evaziga Turkistonda (Yassida) unga vatan beriladi.

Bu erda oʻz taʻʻsiri va qudratini oshirgan Shayboniyxon Husayn Boyqaro boshqaruvida boʻlgan Xorazmga safar uyushtiradi, ammo natija boʻlmaydi. Keyin qozoq xoni Burunduq (Barandaq) bilan urush boshlaydi. U Burunduqxonni engib, Urganch (Xiva) shahrini qamal qiladi. Bu orada Sabron ahli qoʻzgʻolon koʻtarib, hokimni oʻrniga Shayboniyxonning ukasi Mahmudni tayinlaydi, ammo qozoqlar kelishi bilan Mahmud shaharni tark etib, Shayboniyxonga qoʻshiladi.

Shayboniyxon temuriylar oʻrtasidagi gʻalayondan foydalanib, 1500 yili Buxoro va Samarqandni egallaydi, ajdodi Shaybon nomi bilan atalgan Shayboniylar (oʻzbeklar) sulolasiga asos soladi. Jon Vafo Mirzoni Samarqandga hokim etib tayinlaydi va u Samarqand yaqinidagi Xoja Diydor qalʻʻasida yashay boshlaydi. Biroq Bobur Samarqandga yurish uyushtirib, oʻn toʻrt kunlik qamaldan keyin shaharni qaytarib oladi. Shayboniyxon Samarqandni qaytarib olish uchun Boburga qarshi yurish qiladi va uni ogʻir magʻlubiyatga uchratadi. Samarqanddan boshpana topishga majbur boʻlgan Bobur qarindosh-urugʻlaridan, doʻstlaridan yordam soʻraydi, ammo hech kim yordamga kelmaydi. Shayboniyxon toʻrt oylik qamaldan soʻng 1501 yili Samarqandni egallaydi. U Sirdaryo boʻylab yurishini davom ettiradi; Oʻsha yilning qishida muzlagan daryodan oʻtib Shohruxiya va Toshkentga, bahorda Oʻratepaga yurish qilib, qaytib keladi.

Shayboniyxon Toshkentni egallagach, Movarounnahrning qipchoq hukmdori Xusravshoh hukmronligidagi janubiy qismlariga bir necha marta yurish qiladi. Bu orada Sulton Husayn Bayqaroning oʻgʻli Badiuzzamon qoʻl ostida boʻlgan Balhni qamal qiladi, lekin keyin Balxni tark etib, 1503 yilda Andijonni egallaydi. Shayboniyxonning Jayhundan oʻtib, birin-ketin turli qalʻʻalarni egallashidan bezovta boʻlgan Husayn Bayqaro Bobur va Xusravshoh bilan ittifoq tuzadi, lekin bu urinish hech qanday foyda keltirmaydi.

Shayboniyxon 1504-1505 yili Fargʻona, Hisor va Qunduzni egalladi. Keyingi yili Husayn Boyqaro amirlaridan Sulton Qulichak qoʻlida turgan Balhni qamal qilib, uni ham qoʻlga kiritdi. Husayn Boyqaro Shayboniyxonni toʻxtatish uchun oʻgʻli Badiuzzamonni yubordi va oʻzi ham uning orqasidan harakat qildi. Husayn Boyqaroning Hirotdan chiqqach, koʻp oʻtmay – 1506 yilda vafot etishi  Shayboniyxonning Movarounnahrdagi mavqeini mustahkamladi.

Temuriylarning ikkinchi poytaxti Hirotga qarshi safarga chiqqan Shayboniyxon, Jayhundan oʻtib, Shoh Mansur Baxshidan Andxoʻyni tortib oldi. 1507 yili Hirotni egalladi. U Xurosonda temuriylar sulolasiga chek qoʻydi. Husayn Bayqaroning oʻgʻillari Muzaffar Husayn va Badiuzzamon Jurjonga qochib ketishdi. Shayboniyxon Qandahorga yurish qilib, shaharni qamalga oldi, oradan biroz vaqt oʻtib qamalni toʻxtatdi. Shu yili Mashhadni egalladi. 1508 yili Astrabod va Bistom janubini egallashga harakat qildi.

Keyin Buxoroga qaytib, qishni shu erda oʻtkazdi. Shayboniyxonga qarshi yakka oʻzi muvaffaqiyat qozona olmasligini anglagan Bobur Mirzo Shoh Ismoil bilan birga harakat qilishga qaror qildi. Shu kundan boshlab Amudaryo Shayboniylar va Safaviylar oʻrtasidagi chegaraga aylandi. Temuriylar davrining muhim shaharlaridan Hirotning qoʻlga kiritilishi Shayboniyxonning turk olamidagi obroʻsini oshirdi. U oʻzini Chingizxon va AmirTemurning vorisi sifatida koʻra boshladi.

Hirotda “Imomuz zamon va xalifatur rahmon” deb eʻʻlon qilingan Shayboniyxon sunniy olamning qahramoniga aylanib, shialik diniy-siyosiy etakchisi Shoh Ismoil bilan yuzma-yuz keladi. Ikkovi oʻrtasidagi yozishmalarda u Shoh Ismoildan sunniylikni qabul qilib, shohlikni tark etishini, ota-bobolari kabi darvesh boʻlishni tavsiya qildi; Bu orada bari bir Shoh Ismoil bilan urushga kirishishini hisobga olib, qoʻshinini kuchaytirishga harakat qiladi.

1509 yilning boshida shayboniy ulusining barcha sultonlarini Buxoroda toʻplab, qozoqlar masalasini muhokama qilgan Shayboniyxon, buxorolik ulamolardan qozoq sultonlariga qarshi yurish uchun fatvo oladi va bu vaqt ichida Bahoiddin Naqshband qabrini ziyorat qiladi. 1509 yil mart oyida u dastlab Janish Sultonni yoʻq qiladi, soʻngra Tanish Sulton qarorgohiga bostirib kiradi va sultonga katta talofatlar etkazadi. Burunduq va Qosimxonlarga qarshi yurishlarida qishning ogʻir sharoiti tufayli maqsadiga erisha olmadi.

Oʻsha yili uning Hirotning gʻarbi va janubidagi togʻli va choʻl oʻlkalariga qilgan yurishi ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U koʻp yoʻqotishlarga uchrab, Hirotga qaytganida, Shoh Ismoil katta qoʻshin bilan kelib, Mashhadni egalladi, Shayboniyxon askarlarini parishon qilib, Hirotga yaqinlashdi. Shayboniyxon qoʻshinining aksar qismini yuborib, oʻzi Marv qalʻʻasiga chekindi. Marvni qamal qilgan Shoh Ismoil qasrni kuch bilan egallay olmasligini bilgach, Shayboniyxonga maktublar joʻnatib, uni jang maydoniga taklif qiladi.

Shundan soʻng Shayboniyxon oʻzining 25-30 ming kishilik qoʻshini bilan qalʻʻani tark etib, Marv yaqinidagi Murgʻob sohilida Shoh Ismoilning 70 ming kishilik, asosan otliqlardan iborat qoʻshini bilan jang qilib, ogʻir magʻlubiyatga uchradi.

U 1510 yil 1 dekabrda ogʻir yaralangan holda yashiringan bir ekinzorda vafot etdi. Shoh Ismoil Shayboniyxonning boshini kesib, bosh suyagini Mamluk sultoni Kansu Gavriyga berdi, boshining terisi esa somon bilan toʻldirilib, Usmonli sultoni Boyazid II ga yubordi. Keng tarqalgan boshqa rivoyatda, Shoh Ismoil Shayboniyxonning bosh suyagiga oltin qoplatib, unda sharob ichgani qayd etiladi.

Bu gʻalabadan keyin Shoh Ismoil Buxoro, Samarqand va Xivani egallaydi.

Shayboniyxon oʻlimidan bir necha oy oldin Samarqandda qurdirgan madrasa bogʻiga (Bugungi Registon maydonining chetida “Baland suffa” degan joyda) dafn etilgan.

Tangalarda "Abulfath, as-sultonul aʻʻzam, xalifatur Rahmon Nasruddin Muhammad Shayboniy Xon" va "imomuz zamon" unvonlari zarb qilingan Shayboniyxon, Oʻrta Osiyoda eng qudratli va markazlashgan Shayboniylar davlatiga asos soldi. U temuriylar hukmronligiga barham berib, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va butun Gʻarbiy Turkistonni egallab oldi.

Qizil sallali Shoh Ismoilga xilof qilish maqsadida yashil salla oʻrab yurgani uchun unga “Yashil bosh” laqabini ham qoʻyishgan. Chigʻatoylardan Yunusxonning qizi Mehri Nigor xonimga, Boburning singlisi Xonzoda Begimga va Samarqandni unga topshirgan Zahro Begimga uylangan Shayboniyxonning Muhammad Temur Bahodir, Hurram Shoh, Abulhayr va Suyunch Muhammad ismli toʻrt oʻgʻli bor edi.

Shayboniyxon Savron, Yassi va Samarqanddagi madrasa va vaqflarni jonlantirdi, Tus shahrining binolarini taʻʻmirlatdi. Zarafshon havzasida, Sirdaryo havzasida va Oʻtrorda yangi arklar ochib, dehqonchilik maydonlarini yaratdi. 1507 yilda u oʻz hukmronligi ostidagi barcha oʻlkalarda yangi kumush va mis tangalar zarb qilish va ulardan foydalanishni buyurdi, Temuriylar davrida zarb qilingan tangalardan foydalanishni taqiqladi.

Hukmdor boʻlish bilan bir qatorda shoir ham boʻlgan Shayboniyxon, yozuvchilar, sanʻʻatkorlar va olimlarni himoya qilgan, ular bilan suhbatlashishdan zavqlangan. Rivoyatlarga koʻra, u yurishlarga chiqqanida kutubxonasining bir qismini oʻzi bilan olib ketgan.

Shayboniyxonning yilnomachisi Mulla Binoiy uning hayoti va urushlarini “Shayboniynoma”sida tasvirlaydi. Temuriylar saroyini tark etib, unga qoʻshilgan Amirul-ulamo va malikush-shuaro Muhammad Solih ham shu nomda asar yozgan. Fazlulloh ibn Ruzbehoni Hunjiy “Mehmonnomai Buxoro” nomli asarida Shayboniyxonning oʻn toʻrt oylik hukmronlik davrini tasvirlaydi. Bu asarda shayboniylarning qozoqlar va shialar bilan olib borgan kurashlari, Shayboniyxon qatnashgan diniy majlislar bayon etilgan.

Oʻrta Osiyo turklarida islom dinini toʻgʻri anglab etish va yassaviylik anʻʻanasini saqlab qolishda faol rol oʻynagan Shayboniyxon ashaddiy sunniy boʻlib, ulamolar bilan bahslasha oladigan darajada diniy bilimga ega edi. “Mehmonnoma-i Buxoro”da uning huzurida oʻtkazilgan fiqh va kalom ilmiga doir suhbatlar haqida boʻlimlar bor.

Asarlari

1. Devon. Chigʻatoy tilidagi sheʻʻrlaridan iborat bu asar tavhid, 300 gʻazal, yigirma etti ruboiy, toʻrtta tarix va qirq olti muammoni oʻz ichiga oladi. Uning yagona qoʻlyozmasi Istambuldagi Toʻpqopi saroy muzeyi kutubxonasida saqlanmoqda. Mehmed Fuad Koʻprulu, Chigʻatoy adabiyotining shakllanishida Shayboniyxon eʻʻtibordan chetda qoldirib boʻlmaydigan siymo ekanligini aytadi.

2. Bahrul Hudo. 1508 yilda yozilgan 234 baytdan iborat masnaviy uslubidagi bu asarda kundalik voqealar, siyosiy kurashlar, diniy-axloqiy masalalar tilga olinadi. Uning yagona qoʻlyozmasi Britaniya muzeyida saqlanadi (Add. 7914, vr. 1b-22b).

3. Risolai Maorif. Shayboniyxon 1507 yilda oʻgʻli Muhammad Temur Bahodir uchun yozgan bu asarida shayxlar Ahmad Yassaviy va Hakim Otaning sheʻʻrlaridan iqtibos keltirgan holda, pandu nasihat qiladi Asar qoʻlyozmasi Britaniya muzeyida saqlanadi. (Or., nr. 12956).

Shayboniyxon va Bobur

Yurtdoshlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yaxshigina bilimga ega, koʻpchilik uning gʻazallaridan ham yod olgan. Shayboniyxon haqida esa ayrim maʻʻlumotlarnigina bilamiz, u ham boʻlsa, Bobur bilan jang qilgani, uni Samarqanddan surib chiqargani haqidagi faktlar. Bu maʻʻlumotlarning ham koʻpi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli Tunlar. Bobur” kitobi kabi badiiy adabiyotlardan olingan toʻqima va salbiy ohangdagi uzuq-yuluq gaplardan iborat. Chunki qoʻlimizga berilgan tarix kitoblarida shunday yozilgan. Milliy tariximizni yozib berganlar (va oʻsha kitoblarni oʻqib, katta boʻlganlar) tarixiy siymolarimizni oʻzlari istagan qiyofada tanitishadi. Bu deyarli barcha alloma ajdodlarimiz, milliy qahramonlarimiz va milliy davlatchiligimiz tarixidagi amir, xon va beklarimiz uchun xos holat. Jumladan, biz bugun tarixiga qisqacha koʻz tashlayotganimiz Muhammad Shayboniyxon va uning “raqibi” Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ham shunday deyish mumkin.

Savol tugʻiladi: Nega Bobur shaxsi ulugʻlangan, shoʻrolar zamonida ham uni oʻqib-oʻrganilgan-u, Shayboniyxon shaxsiyati qasddan eʻʻtiborsiz qoldirilgan? Uning bir qancha sabablari boʻlsa-da, eng asosiylarini bu oʻrinda keltirib oʻtamiz:

1.           Shayboniyxon va uning ota-bobolari tugʻilib-oʻsgan va hukmronlik qilgan hududlar tarixan turkiy qavmlarga tegishli. Binobarin, bugungi turkiylar yashab turgan erlarni ham egallab olgan “katta ogʻa” oʻzlari yashab turgan joylari ham asli shu xalqlarga tegishli ekanini yashirishadi, ular bu tarixiy haqiqatni oʻqib-oʻrganishsa, tezda koʻzlari ochilib, kim aslida kim ekanini anglab olishini bilishadi. Bu esa, mustamlakachilarning istibdodi xotimasini tezlashtirishini yaxshi anglashadi. Shu oʻrinda siz “Xoʻp, yaxshi, ammo davlatimiz mustaqillikka erishganiga 32 yil boʻlyaptiku, nega hamon ahvol oʻzgarmayapti?” deb soʻrashingiz mumkin. Javob shuki, afsus, mustaqilligimizga 30 yildan oshgan boʻlsa ham, haqiqiy milliy tariximizni qayta tiklash ishlari juda sust ketmoqda, hatto bu ishga bosh-qosh boʻlayotganlarning mutlaq koʻpchiligi ham oʻsha eski maktab vakillari. Ularning yozgan kitoblarieskisidan koʻpam farq qilmaydi.

2.           Muhammad Shayboniyxon mustahkam eʻʻtiqodli, sunniy musulmon boʻlib, siyosati va davlat boshqaruvida islom va musulmonlar eʻʻtiqodini himoya qilish ustun maqveni egallagan. Dinning turli sohalarida chuqur ilmga ega boʻlgani uchun ilmni qadriga etgan, ulamolarga ehtirom koʻrsatgan va homiylik qilgan. Manbalarda uning olimlar bilan munozara qiladigan darajada teran ilmga egaligi qayd etilgan. Har qanday dinga, ayniqsa, islomga tish-tirnogʻi bilan qarshi tuzum tarixida bunday sifatlarga ega hukmdori oʻtgan xalqqa uni anglatmaslik, iloji boricha xotirasidan oʻchirib tashlashga urinishi tabiiy. Zero, mustamlakachilar musulmonlarning diniga, eʻʻtiqodiga qatʻʻiy amal qilib, haqiqiy moʻminga aylangan kun gʻolib boʻlishini, bu ularga ilohiy kitoblari – Qurʻʻonda Alloh tomonidan vaʻʻda qilinganini yaxshi anglab etadilar.

3.           Shayboniyxonning oʻz millatiga, xalqiga qilgan eng katta xizmati qoʻl ostidagi erlarni shialik balosidan himoya qilgan va hatto bu yoʻlda jonini fido qilgan, shahid boʻlgan.

Eʻʻtibor bersangiz, deyarli barcha millatlar oʻz tarixlaridagi hatto oʻrtamiyona hukmdorni ham bugun koʻklarga koʻtarib ulugʻlayotganiga shohid boʻlasiz. Chunki xalqqa, yosh avlodga doimo milliy qahramonlar, oʻrnaklar kerak. Bu oʻrnak shaxsiyatlar avvalo, oʻsha millatning dini va urf-odatlariga toʻliq amal qilgan, xalqini boshqalardan ustun qilish yoʻlida tinimsiz kurashgan insonlar boʻlishi lozim.

Shu maʻʻnoda, biz oʻzbeklarning tarixiy ildizlarimiz bevosita tutashadigan ajdodimiz, din va millat homiysi, ahli sunnat va sunniylik qalqoni Muhammad Shayboniyxon haqida koʻp gapirilishi, tarixi haqida kitoblar, badiiy asarlar yozilishi, hujjatli filʻmlar yaratilishi kerak. Toki, millat oʻz qahramonlari bilan haqli va ongli ravishda faxrlansin!

Azon Global

Mavzuga aloqador