26.09.2024 18:00

Gʻarbona siyosat: Isroil va Falastin uchun maxsus lugʻatdan foydalanilmoqda



Gʻarbda Isroilning Falastindagi xunrezliklarini oqlash uchun muayyan lugʻatlar ishlab chiqilgan. Jurnalistlar va rasmiylar feʻʻllarni ishlatganda odatda majhul nisbatdan foydalanishadi yoki muayyan grammatik qoidalarga amal qilishadi. 

Mana shunday til bilan bogʻliq jarayon bugungi Gʻarb siyosatini oʻzida aks ettiradi. 

Ayniqsa, 7 oktyabrdan keyin Isroilning Gʻazodagi vahshiyliklarini yashirish uchun shunga oʻxshash lugʻatlar keng qoʻllanilmoqda. Bunga hukumat va ommaviy axborot vositalari xodimlari Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining Isroil genotsidi qurbonlari haqidagi statistik maʻʻlumotlarini "HAMAS sababli" degan ibora bilan birga ishlatishini misol qilish mumkin. Bunday koʻrsatmalar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro gumanitar agentliklarning pozitsiyalariga qarshi borish demak. 

Asl raqamlarni tan olishdan bosh tortish AQSh hukumati hamda Falastinga qarshi liganing rasmiy pozitsiyasi hisoblanadi. Rasmiy Vashingtonning maxsus ishlab chiqilgan lugʻati nafaqat AQShda, balki dunyo boʻylab, masalan Arab mediasida ham tatbiq etilmoqda.

“The New York Times” nashri – AQSh rejimining norasmiy ovozi va Gʻarb matbuotining namunasi sifatida, mazkur lingvistika va lugʻatga hushyorlik bilan yondoshadi.

Nashr muharrirlari jurnalistlarga "genotsid" va "etnik tozalash" kabi atamalardan foydalanishni cheklaydi, kamdan-kam hollardagina Falastin soʻzi ishlatiladi, qochqinlar lagerlari va Isroil tomonidan bosib olingan hududlarni tasvirlovchi soʻzlarga ham tsenzura oʻrnatilgan.

Qolaversa Gʻarb OAVlari rahbariyati jurnalistlarni bosqinchilarning qotilliklarini tasvirlash uchun "soʻyish", "qirgʻin" va "xunrezlik" kabi "fitna qoʻzgʻovchi" atamalardan foydalanishda ehtiyot boʻlishga chaqiradi. 

Urush soʻzlari

Urushlar va harbiy operatsiyalarni nomlashda qoʻllaniladigan til ham ushbu tarjima amaliyotidan dalolat beradi. Isroil falastinliklar qirgʻinini boshlaganidan soʻng, sionistlarning matbuotdagi tarafdorlari ishgʻol harakatlarini "Isroil-HAMAS urushi" deb nomlashdi. HAMAS Gʻazoning qonuniy boshqaruv organi ekanligini hisobga olsak, bu juda ajablanarli yorliq edi.

Aslida, Falastin qarshilik harakati 2006 yil yanvarʻ oyida Gʻarbiy Sohil va Gʻazoda soʻnggi demokratik tarzda oʻtkazilgan saylovlarda gʻalaba qozongan edi.

Harakat boshqaruvni oʻz zimmasiga olganiga koʻp boʻlmay Falastin maʻʻmuriyati ustidan nazoratni qaytarib olish va oʻziga sodiq FATH partiyasini tiklash maqsadida oʻyin boshlagan AQSh qoʻllovidagi toʻntarishga roʻbaroʻ keldi.

Amerika toʻntarishi Gʻarbiy Sohilda muvaffaqiyatli amalga oshirildi, ammo Gʻazoda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U erda demokratik yoʻl bilan saylangan HAMAS hukumati FATH xoinlari va ularning homiylarini magʻlub etdi. Oʻshandan beri yangi saylovlar oʻtkazishga qaratilgan barcha urinishlarga FATH boshqaruvidagi Falastin maʻʻmuriyati tomonidan keskin qarshilik koʻrsatib kelinadi.

Ushbu yaxshi hujjatlashtirilgan yaqin tarixga asoslanib, Isroilning Falastin xalqiga qarshi genotsid – qirgʻin urushi eng kamida "Isroil-Falastin urushi" deb atalishi aniq edi.

Oktyabrʻ oyidan beri ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga qarshi Isroil zoʻravonligi va xunrezliklarining keskin kuchayishi hisobga olinsa, bu aslida toʻgʻri emas.

Isroil hukumatining oʻzi bir necha bor barcha falastinliklarga qarshi urush eʻʻlon qilgan. Shunga qaramay Gʻarb ommaviy axborot vositalari Isroil urushining nishoni qilib faqatgina HAMASni keltirishda davom etmoqda. Harakatning Gʻarb rasmiylari tomonidan qoralanishi siyosatchilar va ommaviy axborot vositalariga sionistlarning butun Falastin xalqiga hujumini xaspoʻshlash imkonini berdi. 

40 000 dan ortiq insonni oʻldirgan va yana 90 000 dan ziyod falastinlikni yaralaganidan keyin ham Isroil noqonuniy terrorchilarga qarshi kurashchi sifatida tasvirlanmoqda. 

Bunday nomlash, albatta, AQSh boshlagan urushlarga tegishli emas. Masalan, 2003 yilda Bushning Iroqqa bostirib kirishini tasvirlash uchun "Respublikachilar urushi" iborasidan foydalanishimiz toʻgʻri boʻlmaydimi aslida? Fuqarolar urushidan to Reygan boshqaruviga qadar, AQShning barcha ishgʻollari va chetdagi urushlari Demokratik partiya tomonidan amalga oshirilgan. Shunda biz demokratik partiyaning Vʻetnam yoki Koreyadagi urushlarini “Vʻetnam urushi” yoki “Koreya urushi” demay “Demokratik partiya urushi” deyishimiz toʻgʻri boʻlmaydimi? Darhaqiqat, marhum respublikachi senator Bob Dole 1976 yilda bu urushlarni "demokratlar urushlari" deb atagan edi. Xuddi shunday bugun Isroilning Gʻazoda amalga oshirib kelayotgan qirgʻinbarotlari uchun ham demokratik partiyani toʻlaqonli ayblasak boʻladi. Ammo buni meynstrim OAV doimo yashiradi. U Isroilning koʻplab jurnalistlar, tez yordam xodimlari, shifokorlarni oʻldirib yuborganiga shunchaki panja orasidan qaraydi. 

Maxsus atamalar

Oʻnlab yillar davomida Gʻarb matbuotining katta qismi isroilliklar tomonidan falastinliklarning oʻldirilishi haqida xabar berishda doimo majhul nisbatdan foydalanib keladi. Falastinliklar odatda sirli ravishda “oʻldirilgan” (ehtimol, oʻzga sayyoraliklar tomonidan) yoki bexosdan “oʻlib qolgan” boʻlishadi. Boshqa tomondan, Falastinning isroilliklarga qilingan hujumlari haqidagi yangiliklarda har doim aniq nisbat qoʻllaniladi va “jinoyatchilar” nomma-nom keltiriladi.

Bu, shuningdek, faqat falastinliklar uchun ajratilgan va Isroil undan himoyalanadigan "terrorchi" atamasiga ham tegishli. "Terrorchi" tavsifi harakatning oʻziga emas, balki maʻʻlum bir zolimona (va baʻʻzan oddiy) harakatni sodir etgan tomonning milliy va irqiy oʻziga xosligiga asoslanadi.

Isroil ataylab tinch aholini nishonga olganida va maktablar, boshpanalar, kasalxonalar, koʻchalarda oʻn minglab odamlarni oʻldirganida, uning jinoyatlari hech qachon terrorchilik deb taʻʻriflanmaydi. Falastinning isroillik askarlarga hujumi esa shu zahotiyoq “terrorchilik ishi”ga aylanadi. 

Bu biz ilgaridan taʻʻkidlagan Isroil siyosiy tilining taʻʻriflariga mos keladi. Ushbu ixtisoslashtirilgan lugʻatdagi yana bir mashhur atamadan ancha yillar davomida foydalanib kelishadi.  "Mojaro" (konflikt) soʻzi uzoq vaqtdan beri gʻarb va Isroil tomoni uchun Falastin-Isroil muammosini tasvirlashda tanlov atamasi boʻlib kelgan. 

Gʻarbning “neytral”  “mojaro” atamasi Isroil mustamlakachiligini himoya qilish uchun qatʻʻiy ravishda qoʻllanilib kelinadi. 

Mafkuraviy lugʻat

Falastin va Isroilning barcha masalalarini ifoda etuvchi ushbu maxsus Gʻarb lugʻati juda oʻziga xos boʻlib, u hatto mamlakatlar geografiyasiga ham katta taʻʻsir koʻrsatadi. IX-XIII asrlardan boshlab, mos ravishda, butun arab tilida soʻzlashuvchi xalqlar va musulmon oʻlkalari Falastin shaharlarini (shuningdek, Bayt al-Maqdis nomi bilan ham tanilgan) va al-Xalilni oʻz nomlari bilan atashgan. Biroq, hozirgi vaqtda ikkala hudud ham oʻzlarining oʻninchi asrdan oldingi davrlardagi Shumer-Akkad/oromiy va amorit tillariga tegishli "Quddus" va "Xevron" nomlarida koʻrsatilmoqda.

Bu uzoq vaqtdan buyon mahalliy aholi oʻzini nomlab kelgan nomlardan foydalanishni inkor qilishdir. 

Ayni vaqtda Gʻarb mediasi Turkiya uchun Türkiye nomini qabul qilishdan bosh tortib keladi. Garchi mamlakat 2021 yilda BMTda oʻz nomini rasman oʻzgartirgan boʻlsa ham.

XIV asrda Falastin geografiyasi va sotsiologiyasida qanday oʻzgarishlar yuz bergan boʻlmasin, mamlakatdagi shaharlarning nomlari nasroniy va yahudiylar tili bilan atalmoqda.

Ushbu lugʻaviy tanlovlar va ularni maʻʻlum qiluvchi mafkuraviy lugʻat Gʻarb imperialistik hukumatlari va matbuotining Falastin xalqiga qarshi Isroilni qoʻllashiga dalolatdir.

Muhim haqiqat shuki, yaqin yillar ichida juda koʻp amerikalik va evropaliklar yuqoridagi singari mafkuraviy til va nomlashlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Falastin kurashini aslidagidek – ozodlik kurashi ekanini tan olishmoqda.

Jozef Massad, Nʻyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetining zamonaviy arab siyosati va fikr tarixi professori, bir qancha asarlar muallifi