Isroil iqtisodiyoti ogʻir kunlarni yashamoqda. Mutaxassislar unga yordam berishning yaxshi yoʻli – urushni toʻxtatish ekanini aytmoqda
HAMAS bilan urush boshlanganiga qariyb 11 oy boʻldi. Isroil rahbarlari Gʻazo sektoriga hujumni shiddatli tarzda davom ettirayotganiga qaramasdan, urushning oxiri koʻrinmaydi, aksincha, yanada kengroq toʻqnashuvlarga aylanish alomatlari koʻrinyapti, mamlakat iqtisodiyoti esa zoʻriqmoqda. Urush boshlanganidan beri 46 mingga yaqin korxona yopildi, ularning 75 foizi kichik biznes vakillari.
Quddusning
Eski shahar qismidagi qariyb barcha esdalik sovgʻalari doʻkonlari yopilgan. Hayfa
eski-tuskilar bozoridagi yakkam-dukkam sotuvchilar kimsasiz koʻchalarda oʻz buyumlarini
artib-surtib qoʻyadi. Aviakompaniyalar parvozlarni bekor qilmoqda, korxonalar
bankrotlik yoqasida, hashamatli mehmonxonalarning yarmidan koʻpi boʻm-boʻsh.
HAMAS
bilan urush boshlanganiga qariyb 11 oy boʻldi. Isroil rahbarlari Gʻazo sektoriga
hujumni shiddatli tarzda davom ettirayotganiga qaramasdan, urushning oxiri
koʻrinmaydi, aksincha, yanada kengroq toʻqnashuvlarga aylanish alomatlari koʻrinyapti,
mamlakat iqtisodiyoti esa zoʻriqmoqda.
Isroilning
CofaceBDI biznes-axborot kompaniyasi maʻʻlumotlariga koʻra, urush boshlanganidan
beri 46 mingga yaqin korxona yopilgan, ularning 75 foizi kichik biznesdir.
Isroil
bosh vazirlari va hukumat vazirliklariga maslahat berishda koʻp yillik tajribaga
ega isroillik iqtisodchi Jeykob Sheynining aytishicha, urushning umumiy qiymati 120
milliard dollar yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 20 foizini tashkil qilishi
mumkin.
Iqtisodiy
Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti esa Isroil tashkilotga aʻʻzo boʻlgan 38 ta davlat
ichida iqtisodiyoti apreldan iyungacha eng katta sekinlashuvga uchragan mamlakat boʻlganini
maʻʻlum qildi. Isroil YaIM 2024 yilda 3 foizga oʻsishi prognoz qilingan edi. Isroil
banki esa hozirda oʻsish surʻʻatini 1,5 foizga prognoz qilmoqda – shunda ham urush
bu yil yakunlansa.
Gʻaznachilik
departamenti bu oyda yana bir xavotirli belgi sifatida mamlakat defitsitining
soʻnggi 12 oy ichida YaIMning 8 foizdan koʻprogʻiga koʻtarilganini, bu 2024 yil uchun defitsitning
YaIMga nisbati 6,6 foiz boʻlishi haqidagi prognozidan ancha yuqori ekanligini aytdi.
2023 yilda Isroil byudjeti taqchilligi YaIMning taxminan 4 foizini tashkil etdi.
Bosh vazir
Benʻyamin Netanyaxu iqtisodiy zarar faqat vaqtinchalik ekanini aytib, xavotirlarni
bartaraf etishga urinmoqda. Ammo Isroil va HAMAS oʻrtasidagi eng qonli va eng
halokatli urush minglab kichik biznesni ishdan chiqardi, bir vaqtlar tadbirkorlik
kuchi sifatida koʻrilgan iqtisodiyotga xalqaro ishonchni susaytirdi. Baʻʻzi etakchi
iqtisodchilarning aytishicha, sulh –zararni toʻxtatishning eng yaxshi yoʻli.
"Iqtisodiyot
hozirda ulkan noaniqlik holatida va bu xavfsizlik sohasidagi vaziyat - urush
qancha davom etishi, uning intensivligi va yanada kuchayishi mumkinmi degan savol
bilan bogʻliq", dedi Isroil markaziy bankining sobiq rahbari, hozirda
Quddusdagi tadqiqot markazi Isroil Demokratiya institutida tadqiqot boʻyicha
vitse-prezident Karnit Flug.
Gʻazodagi
janglar va Livandagi Hizbulloh jangarilarining kundalik hujumlari ham
Isroilning shimoliy va janubiy chegaralari boʻylab oʻn minglab odamlarni uylarini
tashlab ketishga majbur qildi va keng koʻlamli zarar etkazdi.
Isroil
iqtisodiyoti avval ham turli zarbalardan, jumladan, HAMAS bilan qisqa urushdan zarar
koʻrgan. Ammo uzoq davom etgan bu mojaro katta keskinlikni keltirib chiqardi,
jumladan, rekonstruktsiya xarajatlari, qurbonlar va zaxiradagilarning oilalariga
tovon puli va katta harbiy xarajatlar.
Eron va
uning Livandagi vakili Hizbulloh bilan janglarning choʻzilgan tabiati va yanada
avj olish xavfi turizmga ayniqsa kuchli taʻʻsir koʻrsatmoqda. Turizm iqtisodiyotning
asosiy lokomotivi boʻlmasa-da, minglab ishchilar va kichik korxonalarga zarar
etkazdi.
Bir
paytlar gavjum boʻlgan Hayfa porti, Isroilning yirik import-eksport markazi, u
erda yirik konteyner kemalari tez-tez toʻxtab turadi, yaqinda ish kuni tinch edi.
Yamandagi husiylar
guruhi Misrning Suvaysh kanali orqali oʻtadigan yuk tashish bilan tahdid qilayotgan
bir paytda, koʻplab uzoq masofaga yoʻl olgan kemalar Isroil portlaridan markaz
sifatida foydalanishni toʻxtatdi, dedi port mulozimi.
Uning soʻzlariga koʻra, Isroil portlari 2023 yilning shu
davriga nisbatan yilning birinchi yarmida yuk tashish hajmi 16 foizga kamaygan.
S&P va
Moody's ortidan Fitch ham Isroil
reytingini A+ dan A
ga tushirdi. Reytingni pasaytirish davlatdan qarz olish xarajatlarining oshishiga
olib kelishi mumkin.
"Bizning fikrimizcha, Gʻazodagi mojaro 2025 yilgacha davom
etishi mumkin", deb ogohlantirdi Fitch oʻzining reyting eslatmasida. Shuningdek, agentlik "katta
qoʻshimcha harbiy xarajatlar, infratuzilmani vayron qilish va iqtisodiy faoliyat va
investitsiyalarga koʻproq zarar etkazish" ehtimolini keltirib oʻtdi.
Reytingning
pasayishi va kamomad Isroil hukumatiga urushni tugatish va kamomadni kamaytirish
uchun bosimni oshirdi - bu soliqlarni oshirish yoki xarajatlarni qisqartirish kabi qarorlarni
talab qiladi.
Hatto siyosatchilar, diplomatlar va kino yulduzlari uchun mashhur
toʻxtash joyi boʻlgan Quddusdagi mashhur American Colony mehmonxonasi ham
xodimlarni ishdan boʻshatdi,
maoshlarni qisqartirishni oʻylamoqda, dedi mehmonxona taʻʻsischilari vakili Jeremi Berkovits.
"Qaysidir
paytda bir necha oyga yopish
imkoniyatini koʻrib chiqdik, - dedi Berkovits. - Lekin bu, albatta, barcha xodimlarni ishdan boʻshatishni anglatardi. Bu 120 yildan ortiq
vaqt davomida yashnatib kelgan
bogʻ-rogʻlarimiz qurib qolishini anglatardi”.
Mutaxassislarning
aytishlaricha, iqtisodiyotni tiklashga yordam berishning eng yaxshi yoʻli urushni
tugatishdir.