-
"Kazatomprom" va "Tojikiston Nodir metallar" ("TajRedMet") kompaniyalari uran, nodir va nodir er metallarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi. Kompaniyalar “uran va boshqa nodir er metallarini qidirish, qazib olish va qayta ishlash, tadqiqot va ishlanmalar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash kabi tashabbuslar boʻyicha hamkorlikda ishlashni” rejalashtirmoqda
-
Eron prezidenti Masud Pezeshkian sunniy musulmon Abdulkarim Husaynzodani qishloq va nochor qatlamlarni rivojlantirish boʻyicha vitse-prezident etib tayinlandi. Mamlakatda 1979 yilgi Inqilobdan keyin kamdan-kam holatlarda sunniylar bu kabi yuqori lavozimlarni egallaydigan boʻlgan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 326 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
BAA TIV Frantsiyada olingan oʻz fuqarosi Pavel Durovga barcha konsullik xizmatlari zudlik bilan koʻrsatish va Parijga tegishli soʻrov yuborishga tayyorligini bildirdi. Telegram asoschisi bir vaqtning oʻzida toʻrt davlat – Rossiya, Frantsiya, BAA hamda Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.
-
Gʻazoda urush boshlangan 2023 yil 7 oktyabridan buyon AQSh Isroilga havo va dengiz orqali 50 ming tonnadan ortiq qurol-yarogʻ etkazib berdi. Isroil Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 500 ta parvoz va 107 ta dengiz joʻnatmalari orqali 50 ming tonnadan ortiq harbiy texnika va texnika etkazib berilgan.
-
Sudanda hukumat armiyasi va Tezkor harakat kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar boshlanganiga 500 kun boʻldi. Bu davr mobaynida mamlakat har tomonlama tanazzulga yuz tutdi, 19 mingga yaqin inson halok boʻldi, 10 milliondan ziyoj kishi uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻldi.
-
Pokiston shimoli-gʻarbida jangarilar Panjob-Balujiston yoʻlida tinch aholiga, shuningdek, politsiya boʻlimlari, harbiy baza va temir yoʻlga hujum qildi
-
Bugun – bilim, maʻʻlumot koʻpaydi, ilm olish imkoniyatlari chek-chegara bilmay qoldi. Biroq ilm-fan taraqqiy etgani sari ruhiy tanazzul, insoniylikdan, yaratilish mazmun-mohiyatidan uzoqlashish, hissiy va qalbiy haqiqatlarni aql va mantiq bilan inkor etish ham kuchaydi. Ana shunday inkorchilar orasida deistlar ming yillar davomida haqligini millionlab bor isbotlagan haqiqatlarni rad etishni boshladi. Ushbu izlanishimizda ularni fosh qilish, oʻzlarining usullari, aql va mantiq yoʻli bilan inkor etishni maqsad qildik. Ikkinchi qism – odamlar nima uchun deist boʻlishlari haqida.
-
Yakshanba kuni Nigeriya poytaxti Abujada Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi shia guruhi hujumi oqibatida kamida ikki huquq-tartibot xodimi halok boʻldi, yana uch nafari hushsiz holda topildi.