Isro va meʻʻroj kechasida nima qilishimiz kerak?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu, qadrli yurtdoshlar, Azon Global ilmiy maʻʻrifiy onlayn telekanalining aziz muxlislari. Bugun milodiy sana boʻyicha 2024 yil 6 fevralʻ oqshomi, hijriy-qamariy taqvim boʻyicha esa 1445 yil Rajab oyining 26-dan 27-ga oʻtar kechasi sizlar bilan diydorlashib turibmiz. Bu kecha islom mamlakatlarida, islom tarixida, musulmon diyorlarida alohida bir ahamiyatga ega kechadir. Bu kecha, hammangizga maʻʻlum, isro va meʻʻroj kechasidir, garchi oʻzbek tilida meʻʻroj kechasi deb yuritilsa ham. Bu kechada ikkita alohida-alohida hodisa roʻy bergan va ketma-ket roʻy bergan, ularni tartib bilan koʻrib chiqamiz, Demak, birinchisi isro kechasi. Isro arab tilida “tungi sayr” degan maʻʻnoni bildiradi. Istilohda esa paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomni Makkadagi masjidul haromdan Quddusdagi Masjidul Aqsoga olib borilishlari isro deyiladi. Bu haqida Qurʻʻoni Karimning Isro surasi birinchi oyatida bunday marhamat qilinadi:
سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِيٓ أَسۡرَىٰ بِعَبۡدِهِۦ لَيۡلٗا مِّنَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ إِلَى ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡأَقۡصَا ٱلَّذِي بَٰرَكۡنَا حَوۡلَهُۥ لِنُرِيَهُۥ مِنۡ ءَايَٰتِنَآۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ
Yaʻʻni, “(Alloh) bir kecha, Oʻz bandasi (Muhammad)ni — unga oyat-moʻʻʻjizalarimizdan koʻrsatish uchun (Makkadagi) Masjidul-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qoʻygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, koʻrguvchi Zotdir”.
Demak, mana shu oyatda taʻʻkidlab oʻtilgani uchun, isro voqeasi Qurʻʻonda mana shu oyat bilan sobit boʻlgan, buning inkori kufr hisoblanadi, barcha oʻzini musulmon sanaydigan odam isro voqeasiga iymon keltirishi vojibdir.
Ikkinchi hodisa esa Quddusdagi Masjidul Aqsodan boshlangan meʻʻroj hodisasidir. Meʻʻroj arab tilida uruj, yaʻʻni “koʻtarilish” degan soʻzdan olingan boʻlib, zina, balandga chiqadigan narvon degan maʻʻnoni bildiradi. Istilohda esa paygʻambarimiz alayhissalotu vassalomning Masjidul Aqsodan osmonga koʻtarilishlariga aytiladi. Barchangizga maʻʻlum, ushbu kechada Paygʻambar alayhissalotu vassalomga hech kimga berilmagan ulugʻ neʻʻmat nasib qilgan. U kishi butun osmonlarda juda koʻp paygʻambarlar bilan koʻrishganlar va oxirida yakka yolgʻiz hollarida Sidratul Muntahoga etganlar, Alloh bilan kayfiyati nomaʻʻlum holda soʻzlashganlar, muloqot qilganlar. Bu kechaning bizga alohida ahamiyati shuki, unda bizga besh vaqt namoz farz boʻlgan.
Isro va meʻʻroj voqeasi qachon sodir boʻlgan? Bu borada ham tarixchilar va umuman islom ulamolari turli fikrlarni aytganlar, turli xil ixtiloflar mavjud, bularning orasida biz bugun sizlar bilan nishonlayotganimiz, rajab oyining 26 dan 27 oʻtar kechasi degan qavl ham bor, mana shu qavl islom olamida mashhur boʻlib ketgani uchun aynan shu kechada biz bu voqeani nishonlab oʻtiribmiz. Lekin mashhur va maqbul, eng sahih qavlga koʻra, isro va meʻʻroj voqeasi hijratdan bir yil oldin, nubuvvatning 13 yili, paygʻambar alayhissalotu vassalom 52 yoshga toʻlganlarida, rabiul avval oyida, dushanba kuni sodir boʻlgan. Mana shu koʻpchilik ulamolar tomonidan qabul qilingan qavldir. Bu yil bizga yana omil huzun sifatida ham mashhur. Sababi mana shu yilda islomning ikki eng asosiy homiysi, paygʻambar alayhissalotu vassalomning yaqinlari, amakilari Abu Tolib va ayollari Hazrati Xadicha onamiz vafot topgan edilar. Shuning uchun paygʻambarimiz bu ikki ayrliqdan, bu ikki judoliqdan juda ham qattiq iztirob chekdilar, tushkunlikka tushib qoldilar. Alloh taolo kishiga tasalliy berish uchun va risolat ishlarida u kishiga ragʻbat berish uchun mana shu isro va meʻʻroj voqeasini nasib qildi. Isro va meʻʻroj voqealari haqida sizlarda juda ham koʻp maʻʻlumotlar bor, bu haqida manbalar etarli, shundan kelib chiqib biz bunga toʻxtalib oʻtirmaymizda, isro va meʻʻroj, ayniqsa, meʻʻroj voqeasi sodir boʻlgan Masjidul Aqso va uning fazilati, ahamiyati haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Demak, Masjidul Aqso, uzoqdagi masjid degan maʻʻnoni bildiradi, chunki Makkai Mukarramadan uzoqda joylashgani uchun shunday nom olgan. U tarixdagi eng qadimiy ibodatgohlardan biri boʻlib, yoshi taxminan Masjidul Harom bilan tengdir, yaʻʻni 5000 yilga teng deyishadi tarixchilarimiz. Bundan tashqari, Masjidul Aqso biz musulmonlar uchun birinchi qibla hisoblanadi. Risolat kelgandan boshlab, paygʻambar alayhissalotu vassalomning Madinaga hijratlaridan 13 oy oʻtgunigacha musulmonlar Masjidul Aqsoga qarab ibodat qilishgan. Bundan tashqari, Masjidul Aqso bizga paygʻambar alayhissalotu vassalomning meʻʻrojga chiqish vaqtlarida mana shu joyda, rivoyatlarga koʻra, koʻra butun paygʻambarlar jam boʻlishgan. Rasululloh alayhissalotu vassalom ularga imom boʻlib namoz oʻqib berganlar, boshqacha ifoda bilan aytganda, paygʻambarlik rutbasi, risolat vazifasi, bundan keyin dunyoga boshchilik qilish, peshvolik qilish navbati paygʻambar alayhissalotu vassalom timsollarida musulmonlarga oʻtdi degani, shuning uchun ham Masjidul Aqso biz uchun qadrli hisoblanadi. Masjidul Aqsoning fazilati haqida ham hadisi shariflar bor. Bu hadisi shariflarda Masjidul Aqso ziyorat qilish uchun safarga chiqiladigan uchta masjid qatorida zikr qilingan va Masjidul Aqsoda oʻqilgan namoz boshqa erlarda oʻqilgan namozdan 500 marta fazilatli ekani bayon qilingan.
Endi biz mana shunday muborak kechani nishonlari ekanmiz, bu kechada biz nima qilishimiz kerak? Garchi isro va meʻʻroj kechasi uchun xoslangan biror ibodat turi mavjud boʻlmasada, ushbu kechada biz yaqinlarimiz bilan Allohni zikrini qilib oʻtirishimiz va nafl ibodatlar bilan mashgʻul boʻlishimiz margʻub hisoblanadi. Ammo zimmasida qazo namozlari boʻlgan birodarlarimiz esa avvalo qazo namozlarini oʻtashlari kerak, zero bir kimsadan qarzi bor odam ehson qilishdan oldin qarzini oʻtashi kerak boʻladi. Xuddi shuningdek, qazo namozlari ham zammamizdagi qarzdir, qachon uni oʻqisakgina bizdan soqit boʻladi. Shunday ekan, mana shu kechalardan foydalanib biz ana shu qazolarni zimmamizdan koʻproq soqit qilib olishga harakat qilishimiz kerak boʻladi. Bundan tashqari, bu kechada biz yana mana shu isro va meʻʻroj hodisasi haqida mushohada qilish bilan birga, bu voqea sodir boʻlgan hudud, Masjidul Aqsoning bugungi holati haqida ham fikr yuritishimiz kerak, oʻzimiz oʻqishimiz oʻrganishimizdan tashqari farzandlarimizga ham mana shu shuurni singdirishimiz kerak. Chunki afsus, bugungi kunda ana shu muqaddas tuproqlarda, Gʻazoda musulmonlarning qoni sel boʻlib oqyapti, musulmonlar qatliom qilinyapti, dunyo jamoatchiligi esa qoralashdan nariga oʻt olmayapti. Afsuski, bugun biz musulmonlarni holimiz mana shunday zabun boʻlib qoldi, bugun biz musulmonlar mana shunday xorlikka mahkummiz, bugun biz musulmonlar fan, texnika, taraqqiyotdan orqadagi, uchinchi sinf bir millat boʻlib qoldik. Musulmon millati, musulmon ummati sifatida mana shunday xorlikka tushib qolganimizning sabablarini idrok qilishimiz, qidirib topshimiz, bundan chiqish yoʻllarini kashf etishimiz, mana shu haqida oʻylashimiz uchun bu kecha ayni fursatdir azizlar! Shuning uchun ham bu kechani ana shunday ehyo qilishimiz kerak, yaʻʻni mana shu kechada fursatdan foydalanib, koʻpchilik yigʻilgan ekanmiz, bir-birimizdan, avvalo oʻzimizdan soʻraylik: nimaga biz bugun bu ahvolga tushib qoldik? Nimaga butun musulmonlar jasad kabi bir butun ekan, paygʻambar alayhissalo vassalomni taʻʻbirlari boʻyicha, badani qaysi bir aʻʻzosi ogʻirsa, boshqa aʻʻzolar unga istima bilan birga boʻlar ekan, nima uchun bugun biz musulmonlar gʻazodagi qatlaomni yoki dunyoning barcha erlarda musulmonlarga boʻlayotgan nohaqliklar, zulmlar qarshisida bunday boʻlib qoldik? Nima uchun eng arzon qon musulmon qoni boʻlib qoldi? Bu holatdan chiqishimizga bizga nima yordam beradi? Shular haqida oʻylashimizning ayni fursati azizlar. Bolalarimizni shu shuur bilan katta qilish, islomni bunday din emasligi, musulmonlik degani xorlik emasligini ularga anglatishimiz kerak. Aslida musulmon boʻlish, aziz boʻlish ekani, Alloh taolo bu dunyo va undagi barcha neʻʻmatlarni avvalo musulmon uchun yaratgani, bu neʻʻmatlarga erishish, dunyoda yana avvalgi shon-shavkatimizni tiklash, yana peshqadam ummatga aylanish uchun nimalar qilishimiz kerakligi, buning yoʻli albatta ilmdan kechishi anglab etishimiz, shu jihatlarga diqqat qilishimiz kerak va farzandlarimizni shunda moslab yoʻnaltirishimiz, tarbiyalashimiz kerak boʻladi.
Taassufki, biz musulmonlar bugun ilk qiblamizni boy bergan vaziyatdamiz, azizlar. U erni isroil bosqinchilari bosib olgan, u erda emin erkin ibodat qilishga qoʻymayapti, oʻsha juma namozlarini ham koʻpchilik boʻlib ado etishga ruxsat bermayapti. Mana shunday holatdamiz. Ular qarshisida biz nimalar qila olamiz deb oʻylashimiz kerak. Birinchi navbatda, albatta duo, bu kecha muborak kecha ekani hisobga olib, duolar koʻproq qabul boʻlishdan umid qilinadi, xatm qurʻʻonlar qilinsa, nafl namozlar oʻqilsa va boshqa ibodatlar ibodatlar qilinsa, bundan hosil boʻlgan savoblarni oʻrtaga qoʻyib, Alloh taolodan mana shu xori zabun holatdan musulmonlarni chiqib ketishini soʻrash duo qilish kerak boʻladi. Tahajjudlarda duo qilish kerak. Oʻsha erdagi mazlum birodarlarimizga va dunyoning boshqa erlaridagi, Sharqiy Turkistondagi, Afrika davlatlaridagi, Mʻyammadagi magʻdur va mazlum musulmonlarga yordam berishning asosiy yoʻli duo, undan boshqa yana bir yoʻlimiz bor. Bu – boykot! Boykotga eʻʻtiborni yana kuchaytirishimiz kerak, susaytirmasligimiz kerak. Boykotning ahamiyati haqida bolalarimizga bildirishimiz kerak. Boykot Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita aloqasi boʻlgan, unga qandaydir moddiy manfaati etib boradigan mahsulotga qilinadi. Ularning roʻyxatlari hozir ijtimoiy tarmoqlarda, internet sahifalarida shakllantirilgan, oʻsha manbalardan foydalanaylik. Boshqacha aytganda, doʻkonda nimadir sotib olinadigan boʻlsa, buni boykot roʻyxatida bormi- yoʻqmi, bir qator tekshirib olaylik, bolalarimizga ham shuni oʻrgataylik. Chunki biz har bir sotib olayotgan Isroil moli yoki unga qarashli boʻlgan molda bizning oʻsha erdagi moʻmin-musulmon birodarlarimizga boʻladigan aziyat uchun moddiy imkoniyat bor. Shuning oldini olishga harakat qilaylik. Chunki qoʻlimizdan hozircha shu keladi, demak biz mana shundan soʻralamiz qiyomatda. Qoʻlimizdan nima kelsa oʻshini qilganlik yoki qilmaganlarimiz haqida soʻralamiz, shunday ekan, bunga diqqat-eʻʻtiborli boʻlishimiz kerak. Demak, muxtasar qiladigan boʻlsak, bugungi kunda qiladigan ishimiz birinchisi duo, ikkinchisi, nafl ibodatlar, qazo namozlar, agar zimmamizda boʻlsa va bu kechaning ahamiyati haqida suhbatlashish, bilmaganlarga bildirish, yaqinlarimizga, farzandlarimizga, oilamizdagilarga maʻʻlumot ulashish, undan tashqari, boykot ishlarida bardavom boʻlishdir.
Alloh taolo bu kechalarimizni barchamizga xayrli qilsin, bu kechada qilayotgan ibodatlarimizni, toatu duolarimizni Oʻzi qabul qilsin! Musulmon ummatini yana aziz, yana peshqadam ummat boʻlishini Alloh taolo nasib qilsin! Barchalaringizga ushbu kecha muborak boʻlsin azizlar, vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu.
Azon Global tahririyati