-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 293 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Telegram-kanalda Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida «xodimlarning qonuniy talablariga boʻysunmagan va soʻkingan». Buning uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.
-
Kanadaning Kalgari shahridagi musulmonlar jamoasi yirik islom markazini qurishni boshladi va mahalliy aholini ushbu markaz kelajakda qanday faoliyat koʻrsatishi bilan tanishtirish maqsadida “barbekyu piknik” tashkil etdi. Jamoa er uchastkasini 15 yil muqaddam sotib olgan, biroq loyihalashtirish va tasdiqlash jarayonlarida koʻplab qiyinchiliklarga duch keldi. Qiymati 12 million dollarlik markaz qurilishini 2027 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.
-
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi ayol yoʻlovchilar parvoz vaqtida oʻzlarini qulay his qilishlari uchun dunyoda birinchi boʻlib oʻrindiqlarni erkak yoʻlovchilardan alohida tanlash imkoniyatini taqdim etdi. Endilikda, onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida sayohatchilar yonida oʻtirgan yoʻlovchilarning jinsini koʻrishlari va agar xohlasalar, boshqa ayollar yonidagi oʻrindiqlarni tanlashlari mumkin boʻladi.
-
Parijdagi Olimpiada ochilishida mamlakat bayrogʻini koʻtarish ishonib topshirilgan isroillik dzyudochi Piter Palchik Gʻazoga tashlash uchun moʻljallangan bombalarga imzo chekdi. "Bu siz uchun mening mamnuniyatimdir", deb yozdi kelib chiqishi qrimlik boʻlgan Palchik ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan Isroil bombalari bilan tushgan surati ostiga.
-
Tatariston poytaxti Qozon shahrida BRIKSga aʻʻzo mamlakatlar, shuningdek, arab-musulmon dunyosi – MDH, Osiyo va Afrikaning 20 davlatidan kelgan qorilar ishtirokida Qurʻʻoni karim tilovati boʻyicha musobaqa boshlandi. Gʻolib 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻladi.
-
Oxirgi vaqtlarda ayrim noxolis va maqsadi jamiyatni ikkiga boʻlish boʻlgan ommaviy axborot vositalari “dunyoviy jamiyatda radikallashuv kuchayib bormoqda”, “uning oldi olinmasa, xalifalik va shariatga asoslangan davlat oʻrnatiladi” qabilidagi “ogohlantirish”lar keng tarqalmoqda. Xoʻsh, bunday iddaolar va “daʻʻvatlar” statistik, ilmiy dalillar yoki soha boʻyicha ekspertlarning xulosalariga asoslanganmi?! Radikal ateist va radikal liberal jamoalari oʻzlarining asossiz va isbotlanmagan dalillari bilan xalqning ongi va tafakkurini zaharlamoqchimi?!
-
Frantsiya hech qachon sportda ochiq kiyishni taqiqlamaydi, lekin Olimpiada oʻyinlarida ayollarning yopiqroq kiyim kiyishini bemalol taqiqlamoqda. Bu madaniy va diniy qadriyatlarga asoslangan yaqqol jinsiy kamsitishdir.
-
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Anqara Gretsiyaning Gʻarbiy Trakiya hududida yashovchi turk ozchiligining huquqlarini himoya qilishda davom etishini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya Gretsiya rasmiylarining mamlakatdagi etnik turklar bilan bogʻliq qadamlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va kerak boʻlsa, vaziyatga aralashishga tayyor.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 292 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.