Defence for Children xalqaro bolalarni himoya qilish tashkiloti sentyabrʻ oyida Isroil armiyasi va isroillik koʻchmanchilar tomonidan bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 7 oktyabrdan beri oʻldirilgan falastinlik bolalar haqida hisobot eʻʻlon qildi. 

Hisobotda keltirilgan asosiy faktlar:

Isroil merganlari qurolsiz bolalarni ataylab nishonga olmoqda va haqiqiy oʻq bilan oʻqqa tutmoqda. Isroil askarlari va koʻchmanchilar tomonidan bosib olingan Gʻarbiy Sohilda, jumladan Sharqiy Quddusda 2023 yilning 7 oktyabridan 2024 yil 31 iyuliga qadar 141 nafar falastinlik bola oʻldirildi.

Isroilliklar tomonidan oʻldirilgan 141 nafar bolaning 116 nafari toʻgʻridan-toʻgʻri boshiga yoki tanasiga, 18 nafariga esa orqa qismiga otilgan, bu – "bola isroillik askarlarga xavf tugʻdirmaganining yaqqol koʻrsatkichidir".

2000 yildan beri qatl qilingan falastinlik bolalarning 20 foizi 7 oktyabrdan keyin oʻldirilgan. Gʻarbiy Sohilda har ikki kunda bir bola halok boʻladi.

Isroil qoʻshinlari va rasmiylari tez yordam mashinalariga haqiqiy oʻq-dorilardan oʻq uzmoqda va Isroil havo hujumida yaralangan bolalarga yaqin atrofdagilarning tibbiy yordam koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslik orqali falastinlik bolalarning tibbiy yordam olish huquqini muntazam ravishda rad etib keladi.

Isroil hukumati va kuchlari isroillik koʻchmanchilarning falastinlik bolalarga nisbatan zoʻravonliklarini muntazam, ataylab va maqsadli ravishda qoʻllab-quvvatlamoqda. Isroil qoʻshinlari koʻpincha isroillik koʻchmanchilar tomonidan qurolli hujumlar paytida hozir boʻladi, lekin ular tojovuzining oldini olmaydi. Ikki marta Isroil askarlari va koʻchmanchilar bir vaqtning oʻzida falastinlik bolalarga qarata oʻq uzgan.

Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda havo hujumlarida 25 nafar falastinlik bolani oʻldirdi. Baʻʻzi bolalar toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga aylangan boʻlsa, boshqalari bilvosita nishon boʻlgan.

2023 yil oktyabrʻ oyida Isroil askarlari toʻrt nafar falastinlik bolani yumshoq toʻqimalar yarasining diametrini oshirish uchun moʻljallangan ichi boʻsh uchli oʻqlar bilan otib oʻldirdi, bu esa Xalqaro sudda taʻʻqib qilinadigan urush jinoyatlari hisoblanadi.

Isroil hukumati 2023 yil 7 oktyabrdan beri bosib olingan Gʻarbiy Sohilda, jumladan Sharqiy Quddusda falastinlik bolalarning 18 jasadini musodara qildi. Jasadlarni musodara qilish va saqlash xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoiy huquqni buzish hisoblanadi. 

Isroil hukumati askarlarning jazosiz qolishi va falastinlik bolalarning sudsiz oʻldirilishi uchun hech qanday oqibatlarga duch kelmasligini taʻʻminlash uchun harakat qilmoqda: "Oʻrganilayotgan ushbu davr uchun javobgarlik haqida hech qanday maʻʻlumot yoʻq".

Mavzuga aloqador