Qozon shahrida BRIKSga aʻʻzo mamlakatlar qorilari musobaqasi boshlandi
Tatariston poytaxti Qozon shahrida BRIKSga aʻʻzo mamlakatlar, shuningdek, arab-musulmon dunyosi – MDH, Osiyo va Afrikaning 20 davlatidan kelgan qorilar ishtirokida Qurʻʻoni karim tilovati boʻyicha musobaqa boshlandi. Gʻolib 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻladi.
Bugun
Qozon shahrida BRIKSga aʻʻzo davlatlar oʻrtasida Qurʻʻoni karim tilovati boʻyicha
musobaqa boshlandi, deya xabar bermoqda Islam News.
“Tatariston poytaxti Qozon shahrida ilk bor yirik xalqaro
diniy musobaqa – BRIKS mamlakatlari Qurʻʻoni karim mukofoti boshlanmoqda va eng yaxshi qoriga sovrin
topshiriladi. Tanlovda BRIKS mamlakatlari hamda arab-musulmon dunyosi – MDH, Osiyo va Afrikaning 20 davlatidan
eng yaxshi qorilar
ishtirok etmoqda”, — deya muftiy Rushan Abbyasov soʻzlarini keltiradi “Rossiyskaya
gazeta”.
Muqaddas Kalomni
mohirona tilovat qilgan qori
mukofotlanadi. Qorilarning tilovatlarini Sharjadagi Qurʻʻoni karim akademiyasi
rahbari Xalifa Mesbah at-Tuneyjiy boshchiligidagi Rossiya, BAA, Misr, Bangladesh va
Erondan kelgan hakamlar hayʻʻati baholaydi.
Tadbirda Allohning
kalomi tilovat qilinishidan tashqari, mehmonlarga Qurʻʻonning maʻʻnaviy-axloqiy qadriyatlari va maʻʻnolarini asrab-avaylash
haqida hikoya qiluvchi teatrlashtirilgan tomosha namoyish etiladi. Musobaqa 26 iyulʻ
kuni yakunlanadi.
Gʻolib 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega
boʻladi. Ikkinchi va uchinchi oʻrin egalari mos ravishda 5000 va 3000 dollar oladi.