Toshkentda Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal koʻtargan erkak 10 sutkaga qamaldi
Telegram kanalda missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida «xodimlarning qonuniy talablariga boʻysunmagan va soʻkingan». Buning uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.
2024 yil iyulʻ oyining 24 kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo
Ulugʻbek tuman sudida Oʻzbekistondagi Isroil elchisi missiyasini yakunlayotgani
haqidagi xabariga elchixona joylashgan manzilni soʻrab izoh yozgan va shu kommenti
boʻyicha IIBga chaqirilganda xodimlarga boʻysunmagan fuqaroga sud hukmi oʻqildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz».
Sud hujjatiga koʻra, 1987 yilda tugʻilgan R.A. 2024 yil 19
iyunʻ kuni Telegram messenjeridagi «Chat-live Quds» nomli kanalga Isroilning
Oʻzbekistondagi elchisi oʻz missiyasini yakunladi mazmunidagi postga nisbatan «Nima
degani bu tarjima qilinglarchi, yaxshi gapmi yoki yomon gapmi, shu elchixonaning
lokatsiyasi yoʻqmi, lashkarlarimiz tish tirnogʻi bilan qoʻriqlanayotgandir» degan
mazmundagi izoh qoldirgan.
Shundan soʻng u Mirzo Ulugʻbek tuman IIO FMB binosiga taklif
qilingan. Fuqaro shu jarayonda IIB xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan
jamoat joyi hisoblanadigan IIO FMB binosiga kirish koʻchasida baqir-chaqir qilib,
har xil uyatsiz soʻzlar bilan soʻkinib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini
buzgan.
Sud majlisida R.A. IIB xodimlarining qonuniy talablariga
boʻysungan holda kelgani, ortiqcha xatti-harakat qilmaganini aytib, birinchi marotaba
ogohlantirish berilishlarini soʻradi.
Sud hukmiga koʻra, R.A. Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi
kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar
xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan
huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga bazaviy hisoblash
miqdorining 2 baravari miqdorida, yaʻʻni 680 ming soʻm jarima jazosi va uzil-kesil
10 sutka maʻʻmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Jazo oʻtalganidan soʻng huquqbuzar R.A.ning maxsus qabulxonada
saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uchun maʻʻmuriy qamoqning har bir sutkasi
uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, yaʻʻni 510 ming soʻm
miqdordagi mablagʻ undirilishi belgilandi.