24.07.2024 14:42
Turkiya prezidenti Anqara Gretsiyadagi turk ozchiligini himoya qilishda davom etishini bildirdi
Anqara Gretsiyaning Gʻarbiy Trakiya hududida yashovchi turk ozchiligining huquqlarini himoya qilishda davom etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining (AKP) parlamentdagi fraktsiyasi yigʻilishida soʻzlagan nutqida aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya Gretsiya rasmiylarining mamlakatdagi etnik turklar bilan bogʻliq qadamlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va kerak boʻlsa, vaziyatga aralashishga tayyor.
Shu bilan birga, Erdoʻgʻon Turkiya barcha mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish, unga doʻst boʻlgan davlatlar doirasini kengaytirishga intilayotganini alohida taʻʻkidladi. “Bizga qoʻl uzatganlardan hech qachon yuz oʻgirmaymiz”, dedi Turkiya rahbari.