25.07.2024 13:35
541

Bombalanayotgan Gʻazo: 293-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 293 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Nuseyrat va Bureyj lagerlariga, Shayx Radvan hududiga hujum qildi. Kun davomida 54 kishi halok boʻldi, ularning yarmi bolalar.

▪️Qalandiya, Baytlahm va Xalilga ishgʻol hujumi Gʻarbiy Sohilda ikkinchi kundan beri davom etmoqda. 25 dan ortiq falastinlik hibsga olingan.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafah shahrida bosqinchilar otryadi bilan minalangan uyni portlatib yubordi, 2 ta Merkava tankini yoʻq qildi.

▪️Oxirgi 48 soat ichida bosqinchilar Xon-Yunisda 129 kishini oʻldirdi.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisdagi Saloh ad-Din koʻchasida harakatlanuvchi hamma narsaga qarata oʻq uzdi. Yaradorlarni qutqarishga urinayotgan shifokorlarga kvadrokopterlar hujum qilmoqda.

▪️Hizbulloh: Biz Livan havo hududida isroillik jangchilarni zenit-raketalar yordamida oʻqqa tutdik, bosqinchilar chekinishga majbur boʻldi.

▪️AQSh Kongressi Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi: Netanyaxuning nutqi xorijlik shaxsning Kongressdagi eng yomon nutqi.

▪️Kongressning 128 aʻʻzosi Netanyaxu nutqini boykot qildi.

Mavzuga aloqador