Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 365 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri va Dayr al-Balahga hujum qildi. 24 soat ichida 29 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 41 802 kishi shahid boʻldi.

▪️Iroqning Golani Brigadasi harbiy bazasiga uchuvchisiz havo hujumi paytida yaralangan bosqinchilar soni 24 taga etdi, 2 tasi oʻldi.

▪️Hizbulloh Al-Adisga yaqinlashayotgan bosqinchi piyoda askarlar otryadiga hujum qildi. 2 bosqinchi yoʻq qilindi, koʻp sonli yaradorlar bor. Harakat kun davomida 23 ta harbiy operatsiyani amalga oshirdi.

▪️Boshqinlar Livan janubidagi Bint-Jbeyl shahridagi shifoxonani oʻqqa tutdi, 9 nafar shifokor yaralandi. Tripolidagi Falastin lageriga ham zarba berildi.

▪️Suriya matbuoti: Homsdagi Palmira harbiy aeroporti yaqinida portlash ovozlari eshitilmoqda.

▪️Amerika va Britaniya harbiy-havo kuchlari Yamanning Xodeyda va Sano shaharlariga zarbalar berdi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroilning mamlakat boʻylab uyushtirgan hujumlari natijasida 2000 dan ortiq odam, jumladan 127 bola va 261 ayol halok boʻldi.

▪️Tramp: Isroil Eronning yadroviy inshootlariga zarba berishi kerak.

Mavzuga aloqador