-
Yanvarʻ-iyunʻ oylarida Afgʻonistonda 292 nafar tinch aholi mina va urush davridagi oʻq-dorilar portlashidan jarohat oldi, ulardan 256 nafari bolalardir. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, barcha portlashlarning yarmi bolalar oʻynayotgan paytda sodir boʻlgan, yana 15 foizi metallolom yigʻish vaqtida roʻy bergan.
-
Sudanda hukumat armiyasi va harbiylashgan Tezkor Harakat Kuchlari oʻrtasida 15 oydan buyon davom etayotgan toʻqnashuv tufayli eng kamida 16 ming kishi halok boʻldi, 7,2 milliondan ziyod kishi oʻz uylarini tashlab ketdi. Shuningdek, 23 million kishi toʻyib ovqatlanmaslik, 750 ming kishi esa butkul ocharchilik yoqasida.
-
Falastinning HAMAS harakati tashkilot nomidan nomaʻʻlum shaxsning Parij Olimpiadasida “qon daryosi”ni oqizish bilan tahdid qilgan videoga aloqadorligini rad etdi. Kuzatuvchilarning fikricha, Falastin qarshiliklarini yomonotliq qilishga urinish ortida Isroil va uning ittifoqchilari turibdi.
-
Britaniya Qurolli Kuchlari qoʻmondoni general Roland Uoker kelgusi uch yil ichida urushga tayyorgarlik koʻrish, 2027 yilgacha britan armiyasining jangovar qobiliyatini ikki barobarga oshirish zarurligini taʻʻkidladi. Uning fikricha, Rossiya, Eron va Xitoy Britaniyaga xavf tugʻdirishi mumkin. “Urush muqarrar emas, ammo mojaroga tayyorgarlik koʻrish va uning oldini olish uchun vaqt etarli”, dedi qoʻmondon.
-
Bangladeshda davlat ish oʻrinlari uchun kvota tizimiga qarshi keng koʻlamli namoyishlar Oliy sud hukumat qarorini bekor qilganiga qaramasdan davom etmoqda. Toʻqnashuvlarda kamida 187 kishi halok boʻldi. Komendantlik soati payshanbagacha uzaytirildi, butun mamlakat boʻylab internet oʻchirilgan. Bosh vazir Shayx Hasina cheklovchi choralar vaziyat yaxshilanmaguncha davom etishini maʻʻlum qildi.
-
Isroilning Falastinda 2023 yil 7 oktyabrdan buyon davom ettirayotgan qirgʻinbarot urushida nimalarni yoʻqotdi? Urushdan aziyat chekayotgan, qurbon berayotganlar faqat Falastin tomonimi – 9 oyda Isroilning yoʻqotishlari.
-
Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Karginov mehnat muhojirlarining noqonuniy yashash joylari haqida xabar bergan rossiyaliklarga 100 ming rublʻ miqdorida bonuslar toʻlashni taklif qildi. Deputat oʻz taklifini muhojirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar tobora zoʻravonlikka aylanib borayotgani bilan izohladi. Ayni paytda mamlakatdagi mehnat muhojirlari soni oxirgi 10 yildagi eng past darajaga tushgan.
-
Qozogʻiston va Ozarbayjon hukumatlari oʻrtasida harbiy razvedka sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlanishi kutilmoqda. Ushbu hujjatda mudofaa, terroristik va ekstremistik tashkilotlar, oʻzaro manfaatli harbiy-siyosiy voqealar yoʻnalishlarida harbiy razvedka maʻʻlumotlarini oʻzaro almashish, qoʻshma jangovar tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish va boshqalar belgilangan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 291 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Efiopiya janubida kuchli yogʻingarchiliklar sababli roʻy bergan koʻchkilarda halok boʻlganlar soni kamida 157 nafarga etdi. 21 iyulʻ kuni roʻy bergan koʻchkidan halok boʻlganlarni qutqarishga yigʻilganlarning koʻpchiligi ikkinchi koʻchki ostida qolib halok boʻlgan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.