Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 292 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 39 090 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tubas, Tulkarm va Qalandiyaga bostirib kirishadi. 3 kishi halok boʻldi, ulardan biri falastinlik zobit. Oʻnlab odamlar hibsga olingan.

▪️Tubas qarshilik jangchilari oʻsha kechasi shaharga kirgan ishgʻol maxsus kuchlariga hujum qildi. Toʻqnashuvlar bir necha soatdan beri davom etmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari Tel al-Sulton oʻqida bosqinchilar bilan shiddatli jangga kirishdi. Nitsarim oʻqi va Xon Yunisda qarshilik jangchilari ishgʻol texnikasini yoʻq qildi.

▪️Maariv: Isroil bosqinchilari Misrni Rafah chegara punkti va Filadelfiya koridoridan chiqib ketishga rozi boʻlishga tayyorligi haqida xabardor qildi.

▪️BMT: Bir kun ichida, dushanba kuni 150 ming falastinlik Xon Yunis hududidan qochib chiqdi. Ularning koʻpchiligi qoʻllarida hech vaqosiz vayron boʻlgan Mavashiga yoʻl oldi.

▪️Bosqinchi matbuoti: Filadelfiya oʻqida sensonlar oʻrnatiladi. Jarayon 2 oygacha davom etadi. AQSh 500 million dollar mablagʻ ajratadi.

Mavzuga aloqador