Kalgari musulmonlari shaharliklarni boʻlajak masjid oʻrnida sayrga taklif qilishdi
Kanadaning Kalgari shahridagi musulmonlar jamoasi yirik islom markazini qurishni boshladi va mahalliy aholini ushbu markaz kelajakda qanday faoliyat koʻrsatishi bilan tanishtirish maqsadida “barbekyu piknik” tashkil etdi. Jamoa er uchastkasini 15 yil muqaddam sotib olgan, biroq loyihalashtirish va tasdiqlash jarayonlarida koʻplab qiyinchiliklarga duch keldi. Qiymati 12 million dollarlik markaz qurilishini 2027 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.
Kanadaning
Kalgari shahridagi musulmonlar jamoasi yirik islom markazini qurishni boshladi va
mahalliy aholini kelajakdagi diniy bino bilan qanday qilib yaxshiroq tanishtirish
yoʻlini oʻylab topdi.
Yaqinda Janubiy Kalgari islom markazi qurilish maydonida
barbekyu piknigi tashkil etildi, unda fuqarolar qurilishning borishi bilan tanishish
imkoniga ega boʻldi, deb yozadi Iqna nashri.
“Ushbu loyiha jamiyatimiz uchun orzu, – deydi Islom markazi
vitse-prezidenti Muhammad Asim. -
Uchrashuvlarimiz uchun shaharning janubiy qismida hali ham joy yoʻq”.
Guruh er
uchastkasini 15 yil oldin sotib olgan, biroq loyihalashtirish va tasdiqlash
jarayonida koʻplab toʻsiqlarga duch kelgan, ammo nihoyat 12 million dollarlik bino
qurilishini boshlashga muvaffaq boʻlgan. Musulmon tashkiloti loyihani 2027 yilgacha
yakunlashga umid qilmoqda.