25.07.2024 08:35

Isroillik olimpiyachi Gʻazoga tashlanadigan bombalarga imzo qoʻydi

Parijdagi Olimpiada ochilishida mamlakat bayrogʻini koʻtarish ishonib topshirilgan isroillik dzyudochi Piter Palchik Gʻazoga tashlash uchun moʻljallangan bombalarga imzo chekdi. "Bu siz uchun mening mamnuniyatimdir", deb yozdi kelib chiqishi qrimlik boʻlgan Palchik ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan Isroil bombalari bilan tushgan surati ostiga.

Parijdagi Olimpiada ochilishida mamlakat bayrogʻini koʻtarish ishonib topshirilgan isroillik dzyudochi Piter Palchik Gʻazoga tashlash uchun moʻljallangan bombalarga imzo chekdi, deb yozadi Sabah.

"Bu siz uchun mening mamnuniyatim", deb yozdi u ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan Isroil bombalari bilan tushgan surati ostiga.

Kelib chiqishi qrimlik Palchik 2013 yili Qozon Universiadasi kumush medali sovrindori boʻlgan, 2020 yili Pragadagi Evropa chempionatida gʻolib chiqqan, 2021 yili Tokioda bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2021 yilda u jahon dzyudochilari reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

Palchik imzo qoʻygan bombalar oqibatida shu kungacha Gʻazo sektorining 39 100 dan ortiq aholisi halok boʻldi, AQSh Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, ularning 85 foizi ayollar va bolalardir.

Mavzuga aloqador