Hindiston aviakompaniyasi ayollarga erkaklardan alohida uchish imkonini berdi
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi ayol yoʻlovchilar parvoz vaqtida oʻzlarini qulay his qilishlari uchun dunyoda birinchi boʻlib oʻrindiqlarni erkak yoʻlovchilardan alohida tanlash imkoniyatini taqdim etdi. Endilikda, onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida sayohatchilar yonida oʻtirgan yoʻlovchilarning jinsini koʻrishlari va agar xohlasalar, boshqa ayollar yonidagi oʻrindiqlarni tanlashlari mumkin boʻladi.
Hindistonning
IndiGo aviakompaniyasi dunyoda birinchi
boʻlib ayol yoʻlovchilarga oʻrindiqlarni erkak yoʻlovchilardan alohida tanlashga ruxsat
berdi. Bu haqda The Independent yozmoqda.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab aviatashuvchining yangi
qoidalari kuchga kiradi, uning maqsadi ayollarga parvozlar vaqtida oʻzlarini qulay
his qilishlariga yordam berishdan
iborat.
Endilikda onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida sayohatchilar yonida
oʻtirgan yoʻlovchilarning jinsini koʻrishlari va agar xohlasalar, boshqa ayollar
yonidagi oʻrindiqlarni tanlashlari mumkin boʻladi – ular pushti rang bilan belgilanadi.
Biroq bunday maʻʻlumot erkaklar uchun mavjud boʻlmaydi: ular
uchun odatdagidek faqat mavjud oʻrindiqlar koʻrsatiladi.
Hindistonning eng yirik arzon aviakompaniyasi har kuni ikki
ming ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Nashrning taʻʻkidlashicha, ushbu
siyosatni oʻzgartirish gʻoyasi Hindiston aviakompaniyasida ayol yoʻlovchilardan
sayohatlarini nima qulayroq qilishini soʻrab oʻtkazilgan soʻrovdan soʻng paydo
boʻlgan.