-
Tehronda Ismoil Haniyaning oʻldirilishiga javob tariqasida, Eron Isroilga qarshi tarixda ilk marta toʻlaqonli raketa hujumini amalga oshirishi mumkin. Mavjud xavfni inobatga olgan sionistlar allaqachon oʻzining mudofaa tizimini hamkor davlatlar yordamida yanada mustahkamlamoqda – xalqaro munosabatlar boʻyicha Eugen Doyl tahlili.
-
2023 yilda dunyoning 33 mamlakatda 280 nafar insonparvarlik tashkilotlari xodimlari halok boʻldi. Ularning yarmidan koʻpi oʻtgan yilning oktyabrʻ-dekabrʻ oylarida Gʻazo sektorida qurbon boʻlishgan. 2024 yilning 7 avgustga qadar esa 172 nafar yordam xodimi hayotdan koʻz yumgan.
-
Rossiya harbiy qoʻmondonligi ukrain armiyasi bosqinini qaytarish uchun Ukrainadagi front chizigʻidan 5 ming askardan iborat guruhni Kursk viloyatiga koʻchirdi. Ular asosan Donetsk viloyati va strategik ahamiyati kamroq boʻlgan hududlardan Rossiyaga qaytarilgan. Mutaxassislar Rossiyaga Ukraina hujumlarini bartaraf etish uchun kamida 20 ming nafar yaxshi tayyorgarlikdan oʻtgan harbiylar kerakligini taʻʻkidlamoqda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 318 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Oʻtgan yili Evropada kuzatilgan rekord darajadagi issiq havo tufayli 50 mingga yaqin kishi hayotdan koʻz yumdi. 2023 yilda jazirama bilan bogʻliq oʻlimlar Gretsiyada eng yuqori darajaga etgan – har million kishiga 393 ta oʻlim, Italiyada bu koʻrsatkich 209 ta, Ispaniyada 175 tani tashkil etgan. Ayni paytda qitʻʻa dunyoning boshqa qismlariga qaraganda tezroq isimoqda.
-
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik davlat tashrifi bilan Bokuga keldi. RF va Ozarbayjon prezidentlari mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari, xususan, Ozarbayjon-Armaniston kelishuvi mavzusi boʻyicha fikr almashmoqda. Tashrif yakunlari boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi va qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
-
Shvetsiyaning Xerrid shahri hokimligiga ishga kirgan musulmon xodim birinchi ish kunining oʻzidayoq ishdan boʻshatildi. Bunga u bilan tanishayotgan ayollarning uzatilgan qoʻllarini Islom qoidalariga muvofiq tarzda tutishdan bosh tortgani sabab boʻldi. Musulmon xodim hokimlik ustidan Ombudsmanga shikoyat kiritdi. Ariza koʻrib chiqilmoqda.
-
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Amirligiga tashrif buyurib, Tolibon rahbariyati bilan koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda oʻzaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 mlrd dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 mlrd dollarga etkazish, Afgʻonistonda Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish, afgʻon tadbirkorlarining Oʻzbekistonda faol ishlashini taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.
-
Falastinliklarga boʻlayotgan zulm bir necha yuz yillardan beri hech bir jamiyatga nisbatan qoʻllanmagan. Falastin Sogʻliqni Saqlash Vazirligining psixiatriya boʻlimi boshligʻi Doktor Samah, oʻzining bergan intervʻyusida aytishicha: Zulm ostidagi Falastinga berilayotgan psixologik zarbalar bir necha darajaga ajraladi. Birinchisi, jismoniy zarar berish, hibsga olish va qiynoqqa solish bilan yakun topayotgan zarbalar. Keyingilari, Gʻazo sektorida sionistlar va musulmonlar oʻrtasidagi janglar yoki falastinlik jurnalist Shirin Abu Oqilaning oʻldirilishi kabi jamiyatda qoʻrquv hissini yuzaga keltiradigan jamoaviy zarbalar”.
-
Mehnat muhojirlarining Rossiyani ommaviy tark etishi fonida ish beruvchilar migrantlarning oylik maoshlarini oshirishga majbur boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, tovar va xizmatlar tannarxining oshishi hamda sifatining tushishiga sabab boʻlmoqda - “Moskovskiy komsomolets” tadqiqoti.