Eron Isroilga hujum qilsa nima boʻladi?
Tehronda Ismoil Haniyaning oʻldirilishiga javob tariqasida, Eron Isroilga qarshi tarixda ilk marta toʻlaqonli raketa hujumini amalga oshirishi mumkin. Mavjud xavfni inobatga olgan sionistlar allaqachon oʻzining mudofaa tizimini hamkor davlatlar yordamida yanada mustahkamlamoqda – xalqaro munosabatlar boʻyicha Eugen Doyl tahlili.
Tehronda
Ismoil Haniyaning oʻldirilishiga javob tariqasida, Eron Isroilga qarshi tarixda ilk
marta toʻlaqonli raketa hujumini amalga oshirishi mumkin. Mavjud xavfni
inobatga olgan sionistlar allaqachon oʻzining mudofaa tizimini hamkor davlatlar
yordamida yanada mustahkamlamoqda.
11 avgust kuni "The Jerusalim Post" gazetasi Eron
parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi aʻʻzosi Ahmad Baxshaesh Ardestaniyning
soʻzlaridan iqtibos keltirib, "Eronning Isroilga qarshi havo operatsiyalari
uch-toʻrt kungacha davom etishi mumkin"ligini prognoz qilgandi.
Bundan tashqari, Livanning “Hizbulloh” harakati ham
Bayrutdagi soʻnggi hujum uchun qattiq oʻch olishga vaʻʻda bergan.
Qayd etilishicha, forslarning bu galgi hujumi aprelʻ oyida
Isroilning Damashqdagi Eron diplomatik vakolatxonasiga qilingan halokatli
hujumiga javoban amalga oshirilgan dron va raketa hujumi kabi oddiy ogohlantirish
boʻlmaydi. Shuningdek, Livanda ham “Hizbulloh” harakatining 100 000 dan ortiq
raketasi bor boʻlib, ularning aksariyati Isroildagi istalgan nuqtasiga etib bora
olishi taxmin qilinadi. Eronning harbiy salohiyati esa bundan ham yuqoriroq
ekanligi shubhasiz.
Agar Eron javob qaytarsa, bu hujum hech qanday
ogohlantirishsiz va deyarli koʻp sonli qurbonlarga sabab boʻluvchi ilgʻor raketalar yordamida amalga oshirilishi
mumkin. Isroilning maqtovga sazovor boʻlgan “Temir gumbaz”i ham ularning
barchasini tutishga qurbi etmaydi.
Tahlilchilar shialarning aprelʻ oyida sionistlarga qarshi
tarixdagi ilk zarbasi aslida AQSh va boshqa oʻyinchilar bilan kelishilgan holda
amalaga oshirilganini aytishadi.
“Oʻtmishga nazar tashlasak, bu toʻxtatuvchi omil etarli emas edi,
– deydi Eron yadroviy muzokaralar guruhi aʻʻzosi, professor Muhammad Marandi, –
Shuning uchun bu safar eronliklar kuchliroq zarba berishlari kerak boʻladi”.
Marandining fikrida jon bor. Isroil Damashqdagi elchixonasiga
hujum qilganidan soʻng, Eron aprelʻ oyida BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat
qildi. AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa Gʻarb ittifoqchilari Isroil tomonidan xalqaro
huquq normalarining bunday qoʻpol ravishda buzilishi uchun hatto tanbeh ham
berishmadi. Yaqinda sionistlarning ittifoqchilari ikki liderning oʻlimiga sabab
boʻlgan Bayrut va Tehrondagi hujumlarni qoralashdan ham bosh tortishdi.
Falastinlik tahlilchi Rula Jabroil: “Bu shunchaki bir liderni
yoʻq qilish emas, balki tinchlik muzokaralarini butunlay izdan chiqarish edi”, –
deydi.
Jons Xopkins universiteti professori, AQSh Davlat
departamentining sobiq katta maslahatchisi Nasr Valiyning aytishicha, Isroil
Eronni urushga undayapti:
Agar shialar rostdan ham hujumga oʻtsa, bu AQSh boshchiligidagi
sionistparastlarning oʻtakasini yorishi turgan gap. Agar Isroil kuchli javob
qaytarsa (albatta, bu standart harakat) va Amerika vaziyatga aralashsa, oqibatda
Fors koʻrfazi yopilishi mumkin. Bu esa Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa
davlatlardan mustamlakachilarga neftʻ va gaz etkazib berishning oylab yoki undan
koʻproq vaqt davomida kechikishiga olib keladi.
Professor Muhammad Marandining aytishicha, Eron eng yomon
stsenariyga rozi boʻlishi dargumon, chunki bu uning yaqin doʻstlari va ittifoqchilari
bilan aloqalariga ham taʻʻsir qiladi.
“Global janubdagi mamlakatlar global iqtisodiy inqirozga duch
kelishni istamaydilar – mintaqaviy urush ularning iqtisodiyotini jarlikka
etaklaydi. Aytaylik, ziddiyatlarga amerikaliklar aralashib, Eronga zarba bersa,
Fors koʻrfazi mintaqasida Amerika bazalariga ega boʻlgan barcha mamlakatlar
[dushman sifatida] koʻriladi. Bu erda joylashgan barcha neftʻ va gaz inshootlari yoʻq
qilinadi. Iroqda amerikaliklar magʻlub boʻladi”.
Agar Husiylar kabi harbiylashgan guruh Qizil dengiz ustidan
nazoratni soʻnggi bir necha oy davomida oʻz qoʻliga olishga muvaffaq boʻlsa (ular
Isroilning asosiy Qizil dengiz porti boʻlgan Eylatni yaqinda bankrot deb eʻʻlon
qilishga majbur qildi), Eron kabi yirik davlat AQSh hujumiga javoban Fors
koʻrfazida nimalarga qodir boʻlishini tasavvur qilib koʻravering.
Xoʻsh, Eronning Isroilga hujumi va shundan soʻng yuz beradigan
voqealar qay darajada haqiqatga yaqin? Birinchi epizod koʻpchilik tomonidan
qoʻllab-quvvatlanadi: shialar va “Hizbulloh” suiqasdlarga qatʻʻiy javob bermasa,
AQSh boshchiligidagi sionistlar bunga oʻxshash hujumlarini davom ettirishi tabiiy.
Faqat shunisi nomaʻʻlum: hujum qanchalik aniq boʻladi, qurbonlar
soni qancha boʻladi, qaysi obʻʻektlarga zarba beriladi va eng muhimi Isroil javob
beradimi? Gʻarbdagi koʻpchilik AQSh va Isroil ittifoqi Eronga qarshi urushda gʻalaba
qozonishini taxmin qilishmoqda. Lekin Eronda ham gipertovushli raketalar
mavjudligini unutmaslik lozim.
Amerika prezidenligiga qayta oʻz nomzodini qoʻyayotgan va
amaldagi Prezident Jo Baydenni ushbu kurashdan chiqarib yuborgan Donalʻd Tramp esa
“agar u prezident boʻlganida, bu harakatlari uchun 80 million aholiga ega Eronni
er yuzidan supurib tashlashi”ni aytib poʻpisa qildi.
Agar AQSh ahmoqlik qilib janglarga qoʻshilsa, eronliklar zarba
berishga majbur boʻladi va bu oʻz navbatida barcha Fors koʻrfazi davlatlari hamda
mintaqadagi hukmron monarxiyalar taqdirini xavf ostiga qoʻyadi.
BMT Bosh kotibi Antonio Gutteresh ogohlantirganidek, Isroil va
Amerika Livanda ham genotsidni davom ettirishi mumkin. Bu esa sionistlar
magʻlubiyatga qadar yurishini toʻxtatmoqchi emasligiga ishoradir.
Turkiya prezidenti
Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham ishgʻolchi kuchlarning Livanga kirishiga jim qarab
turmasligini maʻʻlum qildi.
“Turkiya birodar Livan xalqi va davlati bilan birdamlikda.
Men mintaqadagi boshqa davlatlarni Livan tomonda boʻlishga chaqiraman”, – degan
Erdoʻgʻon.
Turkiya nafaqat mintaqadagi eng katta armiyaga ega davlat,
balki u NATO aʻʻzosi. Agar AQSh va Isroil Livanga hujum qilsa, biz tasavvur qilib
boʻlmaydigan hodisa – ikki NATO davlatining toʻqnashuviga guvoh boʻlamiz.
AQShning Saudiya Arabistonidagi sobiq elchisi Ches Frimen shunday
deydi:
“Janob Netanʻyaxu Isroilni olib kirgan girdobdan chiqarish oson
emas. Ular AQSh yordamisiz engilishi aniq. Isroil oʻz manfaatlariga teskari kelgan
Amerika manfaatlariga qoʻl silkimoqda. Ular bizning elkamizdagi ogʻir toshdir”.
Siyosatshunos Professor Jon Mirshaymer AQSh tashqi siyosatining
asosiy ustunlaridan biri qulash arafasida ekanini taʻʻkidlaydi:
“Erondagi voqealar forslarning yadroviy qurolga ega boʻlish
istagini olovlantirdi”.
Professor Eronga hujum natijasida yuzaga keladigan boshqa
oqibatlarni ham qoʻshimcha qildi:
“Rossiya harbiy samolyotlari va mutaxassislari Eronga oqib
kelmoqda va ruslar forslarga biz taxmin qilishimiz mumkin boʻlgan barcha yordamni
ayamaydi. Chunki, bu ularning manfaatlariga toʻgʻri keladi. Rossiya AQShning Eronga
qarshi har qanday hujumini oʻziga nisbatan tahdid sifatida qabul qiladi.
Biz Xitoy, ruslar, Eron va Shimoliy Koreya yanada yaqinlashishi
uchun sabab topib beryapmiz. Bu, albatta, bizning manfaatlarimizga toʻgʻri
kelmaydi”.
Urush boshlansa, gʻoliblar boʻlmaydi. Yaqinlashib kelayotgan
falokat uchun AQSh ham sionistlarning teng sherigiga aylanadi. AQSh Isroil
genotsidiga, uning aparteid davlati sifatidagi shafqatsiz bosqini hamda
mintaqaviy terrorchilik harakatlariga yordam beryapti. Isroilning gʻalabasi –
yahudiy lobbisi orqali AQSh tashqi siyosatini egallab olishi – oxir-oqibat ularning
okean orti davlatidan ochiqchasiga oʻz manfaatlari uchun foydalanishiga olib kelishi
mumkin.
Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar boshqaruvidagilar
hamda Yaqin Sharqning boy hukumatlari hozirgi ojiz, militaristik AQShga nisbatan
boʻysunuvchan pozitsiyadan voz kechishi va Gʻazodagi genotsidga zudlik bilan barham
berishni talab qilishlari lozim.
Eugen Doyl, Xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert