Oʻzbekiston hukumati Tolibon rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Amirligiga tashrif buyurib, Tolibon rahbariyati bilan koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazdi. Muzokaralarda oʻzaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 mlrd dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 mlrd dollarga etkazish, Afgʻonistonda Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish, afgʻon tadbirkorlarining Oʻzbekistonda faol ishlashini taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.
17 avgust
kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonga
tashrif buyurdi, deya xabar berdi hukumat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif
doirasida Kobul shahrida Afgʻoniston bosh vaziri v.b. Abdul Gʻani Barodar, uning
maʻʻmuriy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar
boʻyicha oʻrinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutakiy bilan ikki
tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi.
Muzokaralarda
davlatlar oʻrtasidagi aloqalar doʻstlik, hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik
tamoyillariga asoslangani, Oʻzbekiston Afgʻonistonga Markaziy Osiyoning uzviy va
ajralmas qismi sifatida qarashi qayd etildi.
Uchrashuvlarda
Afgʻoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi
samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neftʻ-gaz
konlarini birgalikda oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek,
transport-logistika, qishloq va suv xoʻjaligi, taʻʻlim, hududlararo
munosabatlarlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek,
oʻzaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 mlrd dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 mlrd
dollarga etkazish boʻyicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga
solinmagan resurslarni oʻzaro manfaatli asosda amaliyotga izchil tatbiq etish
lozimligi alohida taʻʻkidlandi.
Bunda
ikki tomonlama investitsiyalarni himoya qilish hamda imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi
bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki berishi
maʻʻlum qilindi.
Abdulla
Aripov hamda Abdul Gʻani Barodar afgʻonistonlik va oʻzbekistonlik tadbirkorlar
bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Maʻʻlum
qilinishicha, 1 oktyabrdan ikki mamlakat oʻrtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga
tushadi. Ushbu hujjat doirasida kelishilgan 14 xil mahsulotga import
bojlari bekor qilinadi va eksportyorlar uchun qulaylik yaratiladi.
Afgʻonistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importini yanada
oshirish maqsadida fitosanitar ruxsatnoma berish tartibi engillashtirildi, deyiladi
xabarda.
1 avgustdan Ayritom-Xayraton chegara posti 24 soatlik ish
rejimiga oʻtkazilgan. Xalqaro Termiz savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun 15
kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi va barcha soliqlardan ozod etiladi.
Afgʻonistonlik tadbirkorlarni Oʻzbekistonda faol ishlashi uchun
ikki davlat oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish
toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi.
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Kobul shahrida tashkil etilgan Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes forumi hamda Made in Uzbekistan koʻrgazmasining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etdi.
Koʻrgazmada Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan
korxonalarning tekstilʻ, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar,
meva-sabzavotlar, elektrotexnika va kabelʻ mahsulotlari, avtomobilʻ va qishloq
xoʻjaligi texnikasi, metallurgiya, neftʻ-kimyo va boshqa koʻplab turdagi tayyor
mahsulotlari namoyish etilmoqda.
17 avgust kuni ish boshlagan Made in Uzbekistan koʻrgazmasi 21
avgustga qadar davom etadi.
Eslatib
oʻtamiz, joriy yilning mart oyida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor
Saidov Kobulda Afgʻoniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar oʻtkazgandi. Muloqotda Afgʻonistondagi
savdo, tranzit, investitsiyalarni rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish
sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga toʻxtalgandi.