Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 318 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri, Xon Yunis va Gʻazo markaziga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 40 099 kishi shahid boʻldi.

▪️Iordan daryosining gʻarbiy sohilida bosqinchilar Tulkarm va Qalqilyani qamal qildi. Kirish va chiqish taqiqlangan. Falastinliklarning uylarida tintuvlar olib borilmoqda. Nablusda qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan toʻqnashdilar.

▪️Al-Qassam brigadasi jangchilari ikki hujumda Nittsarim oʻqida fashistlar otryadlarini yoʻq qilishdi.

▪️Ishgʻol matbuoti: Livandan Yuqori Jalilaga uchirilgan dron urib tushirilmadi. U maqsadiga etdi, yaradorlar bor.

▪️Kolumbiya prezidenti Isroilga koʻmir eksportini taqiqlovchi farmonni imzoladi: “Kolumbiya koʻmiridan falastinlik bolalarni oʻldirish uchun bomba yasalmaydi”.

▪️Bosqinchilar Qalkiliyada universitet talabasi Dana Xanatshexni hibsga olishdi. Dana 2023 yil kuzida ozodlikka chiqarilgan ayirboshlash mahbusidir.

▪️HAMAS: Barcha mamlakatlarni fashistik tuzilma bilan aloqalarni uzishga va uning rahbarlarini urush jinoyatchilari sifatida izolyatsiya qilish, jazolash va jinoiy javobgarlikka tortishga chaqiramiz.

▪️Tel-Avivda sinagoga yaqinida avtomobilʻ portlashi natijasida bir isroillik halok boʻldi. Ushbu hodisa uchun javobgarlikni Al-Qassam va Quddus brigadalari rasman zimmalariga olishdi.

▪️Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mark Smit Britaniyaning Isroilga qurol sotishda davom etayotganiga norozilik sifatida isteʻʻfoga chiqdi va hukumatning harakatlari Gʻazo sektorida sodir etilgan harbiy jinoyatlarga sherik ekanligini aytdi.

Mavzuga aloqador