-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 316 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Rossiya Tashqi ishlar vaziriligi Ukraina qoʻshinlari bilan Kursk viloyatining Suja shahriga kelgan italiyalik telejurnalistlarga nisbatan Jinoyat kodeksining davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Shu munosabat bilan Italiyaning RFdagi elchisi Rossiya TIVga chaqirildi.
-
BAA hukumati mamlakat miqyosida juma kunini dam olish kuni deb eʻʻlon qilish hamda ish soatlarini 9 soatdan 7 soatga qisqartirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda. Mutaxassislar ish kunlari va soatlarining qisqarishi ish unumdorligiga salbiy taʻʻsir koʻrsatmasligi, aksincha, ishchilarni vaqtdan samarali foydalanishga sabab boʻlishini taʻʻkidlamoqda.
-
Gʻazo sektoridagi urush Isroil iqtisodiyotiga 250 milliard shekeldan (67,3 milliard dollar) koʻproq zarar keltirdi. Byudjet taqchilligi iyulʻ oyida 8,1 foiz yoki 155 milliard shekelni (41,8 milliard dollar) tashkil etdi. Mamlakat tashqi qarzi oʻrta istiqbolda YaIMning 70 foizidan oshishi kutilmoqda.
-
Umuman olganda, dunyo boʻylab harbiylar global issiqxona gazlari chiqindilarining yillik 5,5 foiziga sababchidir - bu aviatsiya va yuk tashish sanoatinikidan ham koʻproq. Yaqinda Londondagi Qirolicha Meri universiteti xodimlari Gʻazodagi soʻnggi qirgʻinning dastlabki 120 kunida hosil boʻlgan vayronalar 26 ta davlatning yillik chiqindilaridan koʻproq, degan xulosaga kelishdi – London Qirolicha Meri universiteti tadqiqotchilari maqolasidan.
-
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus Shvetsiyada Afrika mintaqasidan tashqarida birinchi marta halokatli virusni yuqtirish holati aniqlanganidan keyin barcha mamlakatlarni ushbu virus tarqalishiga qarshi nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.
-
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donalʻd Tramp payshanba kuni antisemitizmga qarshi kurash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirda nutq soʻzladi. Tramp oʻz nutqi davomida Falastin tarafdori namoyishchilarni «kallakesarlar» deb atadi, yahudiyga turmushga chiqqan Kamala Xarrisni “Isroil va yahudiylarni yoʻq qilmoqchi boʻlgan kuchlar nomzodi” dedi va Isroil hududining kengayishi haqida oʻylashini maʻʻlum qildi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 315ikun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari boʻlinmalari Naxchivon Muxtor Respublikasining Ordubad tumani Xanza aholi punkti yoʻnalishida joylashgan Ozarbayjon qoʻshinlari pozitsiyalariga qarata oʻq uzganini maʻʻlum qildi. Armaniston bu xabarlarni rad etdi.
-
Qariyb ikki yildan buyon urush davom etayotgan Ukrainada oʻzbekistonliklar yangi kompaniya tashkil etganlar orasida turklardan keyin ikkinchi boʻldi. 2022 yil martidan buyon oʻzbek tadbirkorlari 312 ta kompaniyaga asos soldi. Turklar – 396 ta. Shuningdek, Ukraina poytaxtida eng koʻp Oʻzbekiston fuqarolari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan – 175 ta kompaniya.