Rossiya: Muhojirlarga qarshi populizm migrantlarga foyda, isteʻʻmolchilarga zarar keltirmoqda
Mehnat muhojirlarining Rossiyani ommaviy tark etishi fonida ish beruvchilar migrantlarning oylik maoshlarini oshirishga majbur boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, tovar va xizmatlar tannarxining oshishi hamda sifatining tushishiga sabab boʻlmoqda - “Moskovskiy komsomolets” tadqiqoti.
Rossiya
korxonalari muhojirlarning mamlakatni tark etishi fonida chet ellik ishchilarning
maoshlarini keskin oshirdi - mehnat bozorida ularning oʻrnini egallaydigan hech kim
yoʻqligi oshkor boʻlib qoldi. Bu haqda “Moskovskiy komsomolets” oʻtkazgan tadqiqotda
aytiladi.
Ixtisoslashgan xizmatlardan biriga koʻra, yil boshidan buyon muhojirlarning oylik maoshlari 40
foizga oʻsdi va bugungi kunda oyiga 150 ming rublʻ darajasiga etdi. Gap,
birinchi navbatda, payvandchi, betonchi, monolitchi, armaturachi kabi qurilish kasblaridagi muhojirlar daromadlari haqida bormoqda.
Oʻtgan yili mamlakatda ishchi kuchi taqchilligi 4,8 million
kishini tashkil qilgan. Bu megapolis
aholisi soniga teng
boʻlib, ishchilarning keskin tanqisligi mahalliy kompaniyalarni
nafaqat qoʻshni mamlakatlar, balki Afrika qitʻʻasida ham qidirishni boshlashga majbur
qildi: Jazoir, Keniya, Zimbabve, Zambiya.
MDH davlatlaridan boʻlgan muhojirlarga kelsak, ularning oqimi deyarli ikki barobar
qisqardi va mehnat bozoridagi umumiy vaziyatni yomonlashtirdi. Bunday vaziyatda
muhojirlarni “moʻmay daromad”ga
qiziqtirish uchun nimadir qilish kerakligi aniq boʻlib qoldi.
Maʻʻlum boʻlishicha, boʻshab qolgan ish oʻrinlarni egallashlari uchun rossiyaliklar etarli emas. Tadqiqotda taʻʻkidlanishicha, muhojirlar
Mehnat kodeksida belgilanganidek kuniga 8 soat emas, balki 12-14 soat
ishlaydi. Baʻʻzan, beton quyilishi
kerak boʻlsa, tungi smenada ham ishlab qolishadi. Bu juda ogʻir ish. Shuningdek,
ular haftada emas, balki oyda 1-2 kun dam olishadi.
Nafaqat qurilishda, balki zanjirli savdo tashkilotlarining
taqsimlash omborlarida ham ishchilarning keskin taqchilligi
kuzatilmoqda. Bularning barchasi ish beruvchilarni muhojirlarning ish haqlarini oshirishga majbur qilmoqda.
Avvalroq koʻchmas mulk sohasidagi etakchi ekspertlardan biri
Sergey Smirnov muhojirlarga
qarshi kampaniya uy xaridorlariga qarshi qanday oʻynaganini aytib bergan edi. Uning
soʻzlariga koʻra, "qurilish narxini saqlab qolish" uchun Davlat Dumasi
ishlab chiqaruvchilarning javobgarligini va xaridorlar oldidagi sifat
kafolatlarini kamaytiradigan bir qator qonunlarni qabul qildi. Xarajatlarning
oshishiga asosiy sabab Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan migratsiya qonunlari,
deya taʻʻkidladi ekspert.
«Koʻrib
turganingizdek, butun hikoyada asosiy zarar koʻrgan tomon rossiyalik isteʻʻmolchi -
kuchayib borayotgan ishchi kuchi etishmasligi
odamlarni tovarlar va xizmatlar uchun koʻproq toʻlashga majbur qiladi, ular sifatni
ham yoʻqotadi”, deyiladi maqolada.