Hamas nega tushkunlikka tushmayapti?
Hamas nega tushkunlikka tushmayapti?
“Qoʻzgʻalganlar umidsizlikka berilmaydilar. Ammo gʻazabni ichiga yutganlar va adolatsizlikka jim qarab turganlar tushkinlikka tushishi aniq. Tushkunlik esa insonga ojizlikdan boshqa hech narsa bermaydi”. Psixolog Mustafo Hijoziyning ushbu maʻʻnodagi soʻzlari bekorga aytilmagan.
Gʻazodagi urush paytida sionistlar har doimgidek gʻarb va isroil mediasi orqali hiyla tashviqotini ishga solib. Oʻz haqqi uchun kurashayotgan falastinliklarni terrorchilar sifatida tasvirlamoqda. Ularning taʻʻbiricha begunohlar ustiga tinimsiz bomba yogʻdirayotgan bosqinchilar madaniyatli xalq, musulmonlar esa yovvoyilardir. Jazoirlik psixolog Franz Fanon “insonlarning mustamlakachilik ostidagi isyonkorona xatti-harakatlarini aqldan ozish deb tasvirlash xato boʻladi, Bu zulmga qarshi koʻrsatilgan tabiiy reaktsiyadir” degan. Aksariyat psixologlarning fikricha HAMASning isroil bosqiniga qoʻrqmasdan qarshi kurashishi u erdagi oddiy insonlarga ham ijobiy taʻʻsir koʻrsatib, zulmga qarshi oʻzlarini mardona tutishlaridek tabiiy hislarini uygʻotib yubordi. Misol uchun quyidagi videoni koʻrishingiz mumkin. Bu videoda Oʻnlab Falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan isroil tankini portlatgan shaxs xursandligidan hayqirib sakramoqda.