19.08.2024 11:30

Yuqori harorat 50 ming evropalikning oʻlimiga sabab boʻldi

Oʻtgan yili Evropada kuzatilgan rekord darajadagi issiq havo tufayli 50 mingga yaqin kishi hayotdan koʻz yumdi. 2023 yilda jazirama bilan bogʻliq oʻlimlar Gretsiyada eng yuqori darajaga etgan – har million kishiga 393 ta oʻlim, Italiyada bu koʻrsatkich 209 ta, Ispaniyada 175 tani tashkil etgan. Ayni paytda qitʻʻa dunyoning boshqa qismlariga qaraganda tezroq isimoqda.

Oʻtgan yili uglerodli ifloslanish tufayli havo haroratining rekord darajada koʻtarilishi Evropada 50 ming kishining oʻlimiga sabab boʻldi. Ayni paytda qitʻʻa dunyoning boshqa qismlariga qaraganda tezroq isimoqda, deyiladi Nature Medicine jurnalida eʻʻlon qilingan ISGlobal tadqiqotida.

2023 yilda jazirama bilan bogʻliq oʻlimlar Gretsiyada eng yuqori darajaga etgan – har million kishiga 393 ta oʻlim, Italiyada bu koʻrsatkich 209 ta, Ispaniyada 175 tani tashkil etgan.

Shifokorlar jaziramani "sassiz qotil" deb atashadi, chunki u koʻpchilik oʻylaganidan koʻra koʻproq umrlarga zomin boʻlmoqda. Odamlar soʻnggi yigirma yil ichida harorat koʻtarilishiga moslashmaganida, 2023 yilda oʻlim darajasi 80 foizga yuqori boʻlar edi, dedi ISGlobal atrof-muhit epidemiologi Elisa Gallo.

"Ammo issiqlik bilan bogʻliq oʻlimlar soni hali ham juda koʻp, - deya ogohlantirdi ekspert. - Evropa global oʻrtacha koʻrsatkichdan ikki baravar tez isinmoqda - biz erishgan yutuqlarimiz bilan toʻxtab qololmaymiz".

Hisobotda aytilishicha, odamlar qazib olinadigan yoqilgʻilarni yoqib, tabiatni yoʻq qilgani – atmosferani issiqxona gazlari vazifasini bajaruvchi va sayyorani isituvchi gazlar bilan toʻldirishi natijasida issiqlik toʻlqinlari yanada kuchliroq, uzoqroq va tez-tez uchraydi.

Dunyo miqyosida 2023 yil rekord darajadagi eng issiq yil boʻldi, olimlar 2024 yil ham yangi “marra”lar zabt etilishini kutishmoqda.

Tadqiqotchilar Evropaning Britaniya, Norvegiya va Shveytsariya kabi salqin mamlakatlarida ham noqulay issiq kunlar soni nisbatan koʻpayganini aniqlashdi.

Ammo oʻlimning mutlaq soni hali ham issiq havo koʻproq kuzatiladigan, jazirama harorat koʻproq taʻʻsir qiladigan janubiy Evropada eng yuqori boʻlmoqda.

Tadqiqot natijalari Afina atrofidagi oʻrmon yongʻinlari oʻrmonlarni vayron qilgan bir paytda eʻʻlon qilindi. Bu vaqtda Frantsiya mamlakatning katta hududlarida havo harorati yuqori boʻlishi haqida ogohlantirishlar eʻʻlon qildi, Britaniya esa yilning eng issiq kunini kutmoqda.

Mavzuga aloqador