19.08.2024 09:10

Shvetsiyada musulmon xodim ayol kishi bilan qoʻl berib koʻrishmagani uchun ishdan boʻshatildi

 

Shvetsiyada musulmon xodim birinchi ish kunining oʻzidayoq islom qoidalariga rioya qilgan holda ayol kishi bilan qoʻl berib koʻrishmagani uchun ishdan boʻshatildi, deb yozdi SwedInfo.

Erkak Xerrid shahri hokimligiga ishga joylashgan edi. Ayol hamkasbi u bilan tanishar ekan, koʻrishish uchun qoʻlini uzatgan, biroq dindor xizmatchi Islomda begona ayollarlarga teginish taqiqlangani va u faqat yaqin qarindoshlar bilan qoʻl berib koʻrishishi mumkinligini aytib, uni siqishdan bosh tortgan.

Rahbariyat yangi xodimning diniy qarashlariga hurmat koʻzi bilan qaramasdan, darhol mehnat shartnomasini bekor qildi. Ishdan boʻshatilgan shaxs buni diniy kamsitish deb hisoblab, Ombudsmanga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda ish koʻrib chiqilmoqda.

Bu borada hali qaror qabul qilinmagan. Agar ombudsman kamsitish sodir boʻlganini aniqlasa, hokimlik zararni toʻlashga majbur boʻlishi mumkin.

“Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorga ayol xodimalarning ularga nisbatan boshqacha munosabatda boʻlgani va bu faqat ularning jinsiga bogʻliq ekani sababli oʻzlarini haqoratlangan his qilishlari sabab boʻlgan. Xodimlar jinsi yoki jinsiy orientatsiyasidan qatʻʻi nazar, bir-birlari bilan salomlashishlari kerak. Boshqa xodimlar bilan jismoniy aloqa zarur boʻlganda, u oʻz vazifalarini toʻliq bajara olmaydi, degan asosli xavotirlarimiz bor. U mijozlarimiz bilan jismoniy aloqada noqulaylik tugʻdiradi, bu ularga salbiy taʻʻsir qiladi", dedi Xerrid hokimligi.

Mavzuga aloqador