-
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hibsga olinishi haqida buyruq chiqqanidan buyon ilk bor Xalqaro jinoyat sudi aʻʻzosi hisoblangan davlat – Moʻgʻilistonga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. Ukraina Putinning hibsga olinmaganidan gʻazablandi.
-
Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida «Qozogʻiston-Moskva» yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan Hyundai mikroavtobusi KІA serato mashinasi bilan toʻqnashdi. Oqibatda 7 oʻzbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok boʻldi, 3 kishi jarohatlandi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.
-
Turk yoshlari ittifoqi (TGB) aʻʻzolari Isroilni himoya qilish uchun mintaqaga joʻnatilgan, hozirda Turkiyaning Izmir portiga vaqtinchalik langar tashlagan AQShning USS Wasp samolyot tashuvchi kemasida navbatchilik qilgani aytilayotgan amerikalik askarni kaltaklab, boshiga qop kiydirishdi.
-
Bugun – bilim, maʻʻlumot koʻpaydi, ilm olish imko niyatlari chek-chegara bilmay qoldi. Biroq ilm-fan taraqqiy etgani sari ruhiy tanazzul, insoniylikdan, yaratilish mazmun-mohiyatidan uzoqlashish, hissiy va qalbiy haqiqatlarni aql va mantiq bilan inkor etish ham kuchaydi. Ana shunday inkorchilar orasida deistlar ming yillar davomida haqligini millionlab bor isbotlagan haqiqatlarni rad etishni boshladi. Ushbu izlanishimizda ularni fosh qilish, oʻzlarining usullari, aql va mantiq yoʻli bilan inkor etishni maqsad qildik. Uchinchi qism – deizmga koʻra olam nima uchun yaratilgani haqida.
-
Jahon Meteorologiya Tashkiloti maʻʻlumotlariga koʻra, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari boshqa qitʻʻalarga qaraganda ancha past boʻlishiga qaramay, Afrikada harorat oʻrtacha global koʻrsatkichdan tezroq koʻtarilmoqda. Hozirgi vaqtda Afrika davlatlari jazirama toʻlqinlari, kuchli yomgʻirlar, suv toshqinlari, tsiklonlar va uzoq davom etgan qurgʻoqchiliklar tufayli yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha 2-5 foizini yoʻqotmoqda.
-
Janubiy Koreyada Telegram qiyofalarni jonlantirishga xizmat qiluvchi dipfeyk texnologiyasi orqali oʻsmirlar tasvirlaridan foydalangan holda tayyorlangan behayo videolarni tarqatishga sharoit yaratganlikda gumonlanmoqda. Milliy jinoiy qidiruv agentligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Seul Telegram boʻyicha tergovda Frantsiya hukumati va turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish niyatida.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 332 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev 6 oktyabrʻ kuni mamlakatda atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha referendum oʻtkazilishini maʻʻlum qildi.
-
Progressiv siyosat jamgʻarmasi rahbari Oleg Bondarenko 25 yil ichida Rossiyada musulmon va nasroniy aholi soni tenglashishini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, bu faqatgina migratsiya taʻʻsiriga emas, balki musulmonlar istiqomat qiluvchi “ayrim hududlarda koʻproq bolalar tugʻilishi”ga ham bogʻliq.
-
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. FVV kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilingani, vaziyat toʻliq nazoratda ekaninimaʻʻlum qildi. Havoning ifloslanish darajasi oʻrganilmoqda, jabrlanganlar yoʻq.