Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 332 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Soʻnggi 24 soat ichida bosqinchilar Rafah, Zaytun hududi va Nusayrat lageriga hujum qildi. Kun davomida 48 kishi halok boʻldi, 78 kishi jarohatlandi.

Urush boshlanganidan buyon Gʻazo sektorida 40 786 kishi shahid boʻldi, 94 224 nafar falastinlik jarohatlandi.

▪️Natsistlar Gʻazo shimolida koʻchirilgan odamlar yashab turgan Safad maktabini bombardimon qildi. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 11 kishi halok boʻlgan, oʻnlab kishilar yaralangan.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin va boshqa Falastin shaharlarini oltinchi kundan beri qamalda ushlab turibdi. Shahidlar soni 29 kishiga etdi.

▪️Gʻazoning Rafah tumanida HAMAS qoʻlida saqlanayotgan 6 ta isroillik asirning jasadi topildi. Buning ortidan Tel-Avivda minglab fuqarolar norozilik namoyishlariga chiqdi. Hukumat ularga qarshi kuch ishlatdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Jeninda ishgʻolchi piyoda qoʻshinlar pistirmaga uchragani, oʻlganlar va yaradorlar borligi, ular vertolyotda evakuatsiya qilingani haqida xabar beradi.

▪️Gʻarbiy Sohildagi Al-Xalil bombalangan avtomobilʻ portlashi natijasida Isroilning uchta politsiyachisi yoʻq qilindi, biroq maxsus amaliyot chogʻida operatsiya ijrochisi - Muhannad Al-Asud ham oʻldirdi.

▪️Hizbulloh Avivim aholi punktida ishgʻolchi askarlarni yoʻq qildi.

 

Mavzuga aloqador