25 yildan keyin Rossiyada musulmonlar va nasroniylar soni tenglashadi
Progressiv siyosat jamgʻarmasi rahbari Oleg Bondarenko 25 yil ichida Rossiyada musulmon va nasroniy aholi soni tenglashishini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, bu faqatgina migratsiya taʻʻsiriga emas, balki musulmonlar istiqomat qiluvchi “ayrim hududlarda koʻproq bolalar tugʻilishi”ga ham bogʻliq.
Tez orada
Rossiyaning har ikkinchi aholisi musulmon boʻladi. Yaʻʻni, Rossiyadagi musulmonlar
soni chorak asrdan keyin nasroniylar soniga teng boʻladi. Bu haqda Moskvadagi
matbuot anjumanida Progressiv siyosat jamgʻarmasi direktori Oleg Bondarenko
maʻʻlum qildi, deb xabar beradi “PolitNavigator” muxbiri.
“Hozirgi demografik vaziyatni hisobga olsak, 25 yildan keyin
(bu umuman uzoq emas) musulmonlar va nasroniylar nisbati boʻyicha mamlakat
aholisi tenglashadi.
Bu faqatgina migratsiya
taʻʻsiriga bogʻliq emas,
balki printsipial
jihatdan demografiyaga ham tegishli. Ayrim hududlarda koʻproq bolalar tugʻilishini osongina koʻrishingiz
mumkin. Jumladan, erdagi
hayot anʻʻanasi borligi sababli”,
- dedi Bondarenko.
U mamlakatda demografik muammolarni hal qilish uchun “bir
qavatli Rossiya”ni yaratishga harakat qiladigan siyosiy partiya kerak, deb
hisoblaydi.
Maʻʻlumot
uchun, 2024 yil yanvarʻ holatiga koʻra, Rossiya aholisi soni 146 150789 nafarni
tashkil etdi. 2023 yilning shu davrida esa RF aholisi 146 447 424 nafarni
tashkil etgan edi. Yaʻʻni, bir yil ichida mamlakat aholisi soni 296 635 nafarga
kamaygan.
Ayrim
manbalarga koʻra, musulmonlar Rossiya aholisining 8 foizdan ortigʻini tashkil
qiladi, aksariyat hollarda ular muhojirlar emas, balki mahalliy aholidir. Xususan,
tatarlar, boshqirdlar, avarlar, chechenlar, lazginlar, kabardinlar, darginlar,
qorachaylar, bolqarlar, cherkeslar, qumiqlar, ingushlar va baʻʻzi osetinlar Islom
diniga eʻʻtqod qiladi.