Falastinning tan olinishidan kim manfaatdor?
Mahmud Abbos Isroil va AQShni qanchalik xotirjam qilishga urinmasin, sionistlar Falastin maъmuriyatini haqorat qilish, zaiflashtirish, unga nisbatan sanktsiyalar joriy qilish va iqtisodiy inqirozga uchratish harakatlaridan toʻxtamayapti. HAMASning qurolli qarshilikni legallashtirishdagi asosiy dalili – bu shundan iboratki: kuch ishlatmay kurashish, axborot targʻiboti, fuqarolik itoatsizligi, xalqaro sudlar, diplomatiya, tinchlik jarayonlari – bularning barchasi befoyda. Agar shularga urinsangiz, Isroil va AQShdan shunchaki tarsaki eysiz, dunyo esa sizga emas, bosqinchiga ogʻishadi, natija esa – nolь.
Davomini o'qish...72601.08.2025 17:02Suriya TIV rahbari Moskvada: u Putin bilan uchrashdi
Suriyaning SANA davlat agentligiga koʻra, prezident Vladimir Putin ham Shayboniy va u boshchiligidagi delegatsiyani Kremlda qabul qilgan, biroq uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Davomini o'qish...60801.08.2025 16:09BAA Sudan aholisini ochlikka mahkum qilmoqda
Maъlumotlarga koʻra, urush oloviga moy sepayotgan BAA RSFni qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar bilan taъminlamoqda: rasmiy maъlumotlarga koʻra, 2022 yilda buning evaziga 2,3 milliard dollarlik Sudan oltinini olgan. Ammo haqiqiy koʻrsatkichlar ancha yuqori – taxminan 90% Sudan oltini (qariyb 13,4 milliard dollar) qoʻshni davlatlar orqali kontrabanda yoʻli bilan BAAga olib chiqib ketilmoqda. Bu qoʻllab-quvvatlash mojaroni uzaytirib, 26 million sudanlikni ochlik yoqasiga olib keldi.
Davomini o'qish...50701.08.2025 13:20Organ xodimining talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdorlari oshirildi
31 iyulь kuni Oʻzbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan: ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun BHMning 5 (avval 1 edi) baravaridan 12 baravarigacha; xuddi shunday huquqbuzarlik maъmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda BHMning 12 baravaridan (avval 15 edi) 30 baravarigacha jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maъmuriy qamoq jazosini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritildi.
Davomini o'qish...51301.08.2025 11:20Britaniyada saqlangan tarixiy durdonalar Oʻzbekistonga qaytarilmoqda
Ular orasida IX–XIII asrlarga oid Qurъon qoʻlyozmalari, noyob zargarlik buyumlari, tarixiy matolar va badiiy asarlar mavjud.
Davomini o'qish...80301.08.2025 10:14Rossiya migrantlar uchun yangi davlat bojlarini joriy qildi
Prezident Vladimir Putin 2025 yil sentyabr oyidan boshlab Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etilishi, ilgari amalda boʻlgan bojlar qiymati esa oshirilishi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Jumladan, 1 sentyabrdan boshlab, chet el fuqarolarini yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyish uchun 500 rublь, shuningdek, vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirish uchun ming rublь miqdorida yigʻim joriy etiladi.
Davomini o'qish...75301.08.2025 07:18Falastin bahonasida katta oʻyin: Evropa Trampga qarshi chiqyapti
Oxirgi kunlarda Falastin davlatini tan olishni qoʻllab-quvvatlayotgan koalitsiya kuchayishi kuzatilmoqda. Ekspertlar buni insonparvarlik harakati emas, balki strategik qasos sifatida baholashyapti. Frantsiya, Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar “adolat” uchun emas, balki AQSh va Isroilga qarshi geosiyosiy oʻyin uchun birlashmoqda.
Davomini o'qish...92001.08.2025 06:24Qozogʻistonda LGBT targʻiboti uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilindi
Qozogʻiston Majlisi deputati (quyi palata) Odil Janbirshin mamlakatda LGBTni targʻib qilganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni taklif qildi.
Davomini o'qish...102631.07.2025 17:05Rafahning yopilishidan norozi boʻlgan misrlik yigitlar dom-daraksiz ketdi
Oldinroq, 27 yoshli Muhsin Mustafo va uning 23 yoshli amakivachchasi Ahmad Sharif oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Maъsor tumanidagi politsiya boʻlimiga hujum qilingani aks etgan videolarini joylagandi. Unda Falastin va Misr oʻrtasidagi Rafah chegara postining yopilishi hamda Gʻazoning qamal qilinishidan norozi boʻlganlar politsiya boʻlimlarida qattiq qiynoqqa solinayotgani, hatto oʻldirib yuborilayotgani aytilgandi. Ikki faol esa mazkur holatlarni videoga muhrlab jamoatchilikka etkazish istagida ekanini qoʻshimcha qilishgan. Ushbu voqeadan soʻng Muhsin va Sharif bedarak yoʻqolgan.
Davomini o'qish...75831.07.2025 15:46Xitoyliklar Chorvoqda shamol elektr stantsiyasi qurishni boshladi
Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni savdo departamenti tomonidan oʻtkazilgan tenderda «TBEA Co., Ltd» kompaniyasi gʻolib boʻlib, bosh pudratchi etib tanlangan. Ushbu loyiha doirasida 20 MVt quvvatga teng shamol elektr stansiyasini barpo etiladi. Bugungi kunda bosh pudratchi tomonidan Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori asosida ajratilgan 10 gektar er maydonida (Burchmulla hududi) qurilish ishlari olib borilmoqda.
Davomini o'qish...91131.07.2025 14:25
...













