Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 368 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya va Burayj lagerlari, Dayr al-Balah, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 77 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41 909 kishi shahid boʻldi.

▪️Jabaliya va Bureyj lagerlarida Isroil harbiylari qatliom uyushtirdi. 30 kishi halok boʻldi. Kamal Advan kasalxonasi darvozalariga dronlar hujum qilgan.

▪️HAMASning harbiy qanoti Gʻazodan kattaroq raketalar bilan Tel-Avivni bombardimon qildi.

▪️Bosqinchilar Livandagi Bekaa vodiysi, Tir va janubdagi Bayrut provintsiyasiga yangi yirik hujumlar uyushtirdi.

▪️Husiylar Isroilning Yafa va Umm ar-Rashrash shaharlariga hujum qildi.

▪️Hizbulloh Tel-Avivdagi harbiy razvedka boʻlimining Glilot bazasiga raketa zarbasi berdi.

▪️Frantsiya: Diplomatiya vaqti keldi va kuch Isroil xavfsizligini kafolatlamaydi.

▪️Erdogʻan: Falastin xalqining genotsidi uchun Isroil ertami kech javob beradi.

▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi: Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealar psixologik terrorizm va genotsid rejasining bir qismidir.

▪️AQSh Davlat departamenti Isroilni Bayrut aeroporti va uning atrofiga hujum qilmaslikka chaqirdi.

Mavzuga aloqador