Janubiy Koreya ham Telegram'ga qarshi tekshiruvlarni boshladi
Janubiy Koreyada Telegram qiyofalarni jonlantirishga xizmat qiluvchi dipfeyk texnologiyasi orqali oʻsmirlar tasvirlaridan foydalangan holda tayyorlangan behayo videolarni tarqatishga sharoit yaratganlikda gumonlanmoqda. Milliy jinoiy qidiruv agentligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Seul Telegram boʻyicha tergovda Frantsiya hukumati va turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish niyatida.
Janubiy
Koreya politsiyasi Telegram kompaniyasini pornografik dipfeyklar, jumladan,
oʻsmirlar suratlari asosida sunʻʻiy intellekt tomonidan yaratilgan videolarni
tarqatish bilan bogʻliq jinsiy jinoyatlarni sodir etishga yordam berganlikda gumon
qilmoqda. Janubiy Koreyaning “Yonhap”
axborot agentligi 2 sentyabrʻ, dushanba kuni politsiya rasmiy ayblovlarni tayyorlash
maqsadida bu borada dastlabki tergovni boshlaganini xabar qildi.
“Frantsiyadagi kabi, Seul shahar politsiyasi agentligi Telegram’ga nisbatan rasmiy
ayblovlar qoʻyishdan oldin tergovni boshladi”, — dedi agentlik Janubiy Koreyaning
Jinoyat qidiruv milliy agentligi rahbari Vu Jong Suning matbuot anjumanida.
Uning soʻzlariga koʻra, gap jinoyatga sheriklik (soxta videolarni tarqatish) haqida
bormoqda.
Shu bilan birga, Vu Telegram nafaqat Janubiy Koreyaga, balki
boshqa mamlakatlar, xususan, AQSh milliy tergov organlariga ham tekshiruv uchun hech
qanday maʻʻlumot, xususan hisoblar haqidagi maʻʻlumotlarni taqdim etmasligini
taʻʻkidladi.
Milliy jinoiy qidiruv agentligi rahbarining soʻzlariga koʻra,
Seul Telegram boʻyicha tergovda
Frantsiya rasmiylari va turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish niyatida.
Telegram’da pornografik dipfeyklar tarqalishi
30 avgust kuni “Yonhap”
Seul shahar politsiyasi agentligiga tayanib, Janubiy Koreyada Telegram’dagi kanali foydalanuvchilari
yuborgan surat va tavsiflarga tayangan holda 279 ta soxta pornografik video
tayyorlaganlikda gumon qilingan yigit qoʻlga olinganini maʻʻlum qildi.
Agentlik
xabariga koʻra, uning Telegram’dagi “Tanishlarni xoʻrlash xonasi” deb nomlangan
kanali qurbonlari 246 kishi boʻlgan. 22 avgust kuni gumonlanuvchi tezkorlik bilan
hibsga olingan.
Oʻtgan hafta
Janubiy Koreya teleradiokompaniyalaridan biri ham talabalar tomonidan sunʻʻiy
intellekt texnologiyasi yordamida yaratilgan oʻz kursdoshlarining suratlaridan pornografik
videolarni tarqatish uchun Telegram guruhi yaratilgani haqida xabar bergandi, deb
eslaydi AFP axborot agentligi.
Qayd
etilishicha, oʻtgan haftaning oʻzida Janubiy Koreya politsiyasiga pornografik dipfeyklarni
tarqatish boʻyicha 88 ta holat haqida xabar berilgan. Ushbu holatga aloqador 24
nafar gumondor shaxs aniqlangan