Vladimir Putin XJS aʻʻzosi boʻlgan Moʻgʻulistonga rasmiy tashrif bilan keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hibsga olinishi haqida buyruq chiqqanidan buyon ilk bor Xalqaro jinoyat sudi aʻʻzosi hisoblangan davlat – Moʻgʻilistonga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. Ukraina Putinning hibsga olinmaganidan gʻazablandi.
2 sentyabrʻ kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik
rasmiy tashrif bilan Moʻgʻulistonga keldi. Rossiya prezidentining samolyoti
Ulan-Bator aeroportiga qoʻndi.
Putinning Moʻgʻulistonga tashrifi ikki kun davom etadi. Tashrif dasturiga koʻra, 3
sentyabrʻ kuni Rossiya prezidenti Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsux bilan
uchrashadi, shuningdek, bir qator hujjatlarni imzolaydi va Georgiy Jukov haykali
poyiga gul qoʻyadi.
Putinning tashrifi 1939 yilda Xalxin-Golda sovet va moʻgʻul
qoʻshinlarining Yaponiya qurolli kuchlari ustidan qozongan gʻalabasining 85 yilligiga
toʻgʻri keldi.
Putin oxirgi marta roppa-rosa besh yil avval Moʻgʻulistonda
boʻlgan edi.
Ulan-Batorda davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar,
dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qiladi, ikki tomonlama
hujjatlarni imzolaydi. Putin, shuningdek, Davlat Buyuk Xurali (bir palatali
parlament) spikeri Dashzegviin Amarbayasgalan va bosh vazir Luvsannamsrain
Oyun-Erdene bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Ukraina
Putin Xalqaro jinoyat sudi buyrugʻi bilan hibsga olinmaganidan gʻazablandi
Vladimir
Putin Rim statutini imzolagan va Rossiya rahbarini Ukrainaga bostirib kirish
paytida harbiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy
sud yurisdiktsiyasini qabul qilgan davlatga birinchi bor tashrif buyurdi.
Putin
Ulan-Batorga kelganidan koʻp oʻtmay, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi
Georgiy Tixi Moʻgʻuliston rasmiylarining Rossiya prezidentini XJS orderi asosida
hibsga olmaslik haqidagi qarorini qoraladi.
“Moʻgʻuliston
hukumatining Putinni hibsga olish toʻgʻrisidagi majburiy XJS buyrugʻini bajarmagani
Xalqaro jinoiy sud va xalqaro jinoiy huquq tizimiga ogʻir zarba boʻldi, — deyiladi
Ukraina TIV bayonotida. — Moʻgʻuliston ayblanayotgan jinoyatchiga odil sudlovdan
qochish imkonini berdi va shu tariqa uning harbiy jinoyatlari uchun javobgarlikka
sherik boʻldi. Bu Ulan-Batorga taʻʻsir qilishi uchun hamkorlar bilan ishlaymiz”.
Dushanba
kuni Kremlʻ matbuot kotibi Dmitriy Peskov yana Moskva Putinning Moʻgʻulistonda XJS
orderi bilan hibsga olinishidan qoʻrqmasligini aytgandi. "Moʻgʻuliston bilan
bunday muammo yoʻq", - deya uning soʻzlarini keltiradi TASS.
Putin
keng koʻlamli urush boshlanganidan beri chet elga kamroq sayohat qilishni boshladi va
hibsga olish orderi chiqarilgandan beri u borgan barcha mamlakatlar XJS yurisdiktsiyasini
tan olmaydi. Moʻgʻuliston esa aʻʻzo boʻlish jarayonini 2002 yilda yakunlagan.