Turkiyada AQSh harbiysining boshiga qop kiydirildi
Turk yoshlari
ittifoqi (TGB)
aʻʻzolari Isroilni himoya qilish uchun mintaqaga joʻnatilgan, hozirda Turkiyaning Izmir portiga vaqtinchalik langar tashlagan AQShning
USS Wasp samolyot tashuvchi kemasida
navbatchilik qilgani aytilayotgan amerikalik askarni kaltaklab, boshiga qop
kiydirishdi.
“Biz Isroilni himoya qilayotgan, bu erda turk askarlari va
minglab falastinliklar bilan muomala qilishga urinayotgan AQSh askarlariga tinchlik
bermaymiz. Har safar bu erlarga qadam qoʻyganingizda, biz sizni oʻzingizga
munosib tarzda qarshi olamiz! Qoʻli qonli Amerika askarlariga Turkiyada joy yoʻq! Yurtimizdan keting!” - dedi tashkilot rahbari Kayaxan Chetre.
Hodisa yuzasidan 15 kishi, jumladan, Kayaxan Chetre qoʻlga
olindi.
AQShning
Anqaradagi elchixonasi holat yuzasidan munosabat
bildirib, Izmirda amerikalik harbiylar hujumga uchragani va hozir xavfsiz
ekanligini tasdiqladi.
“Turkiya
hukumatiga voqeaga tezkor munosabat bildirgani va voqea yuzasidan tergov
boshlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi bayonotda.