Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi, aholi evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston FVV
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. FVV kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilingani, vaziyat toʻliq nazoratda ekaninimaʻʻlum qildi. Havoning ifloslanish darajasi oʻrganilmoqda, jabrlanganlar yoʻq.
1
sentyabrʻ kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi konda oltingugurt gazi
chiqishi kuzatildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd
etilishicha, soat 15:17 da tumanning «Koʻlqamish» MFY hududida joylashgan
«Mustaqillikning 25 yilligi» (M-25) koniga qarashli 604-sonli qudugʻida burgʻulash
ishlari olib borilayotganida texnologik jarayonning buzilishi sababli oltingugurt
(vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
«Aholi
xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga
evakuatsiya qilingan», deyiladi xabarda.
Ijtimoiy
tarmoqlarda paydo boʻlgan videolarda tungi vaqtda yuzlab odamlarning
harakatlanayotganini koʻrish mumkin.
FVV fuqarolarning
jarohat olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmaganini qoʻshimcha qildi.
Surxondaryo
viloyati hokimligining xabar berishicha, hududga viloyat rahbari Ulugʻbek Qosimov,
aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar hamda boshqarmalar masʻʻullari etib
borgan.
«Favqulodda
holat sodir boʻlgan hududda havoning ifloslanish darajasini oʻrganish, kelib chiqqan
holatlarni bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda», — deyiladi xabarda