02.09.2024 16:40

Iqlim oʻzgarishi Afrikaga tobora jiddiy taʻʻsir koʻrsatmoqda

Jahon Meteorologiya Tashkiloti maʻʻlumotlariga koʻra, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari boshqa qitʻʻalarga qaraganda ancha past boʻlishiga qaramay, Afrikada harorat oʻrtacha global koʻrsatkichdan tezroq koʻtarilmoqda. Hozirgi vaqtda Afrika davlatlari jazirama toʻlqinlari, kuchli yomgʻirlar, suv toshqinlari, tsiklonlar va uzoq davom etgan qurgʻoqchiliklar tufayli yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha 2-5 foizini yoʻqotmoqda.

Jahon Meteorologiya Tashkilotining (JMT) yangi hisobotiga koʻra, Afrika iqlim oʻzgarishi va bunga moslashish borasidagi nomutanosib xarajatlar tufayli jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari boshqa qitʻʻalarga qaraganda ancha past boʻlishiga qaramay, Afrikada harorat oʻrtacha global koʻrsatkichdan tezroq koʻtarilmoqda.

VMOning Afrikadagi iqlim holati toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, hozirgi vaqtda Afrika davlatlari jazirama toʻlqinlari, kuchli yomgʻirlar, suv toshqinlari, tsiklonlar va uzoq davom etgan qurgʻoqchiliklar tufayli yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha 2-5 foizini yoʻqotmoqda.

Sahroi Kabirdan janubdagi mamlakatlar uchun oʻzgaruvchan iqlimga moslashish xarajatlari kelgusi oʻn yil ichida yiliga 30-50 milliard dollarni tashkil etadi.

54 davlatdan iborat qitʻʻa soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishini yumshatish va moslashish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishni koʻpaytirdi, ammo, baribir, ular ajratayotgan mablagʻlar jahon miqyosidagi yillik iqlim moliyasining 1 foizidan kamini tashkil etadi.

Hisob-kitoblarga koʻra, 2030 yilga kelib, Afrikada oʻta qashshoqlikda (kuniga 1,90 AQSh dollaridan kam daromad topadigan) 118 milliongacha odam, agarda tegishli choralar koʻrilmasa, qurgʻoqchilik, suv toshqinlari va haddan tashqari issiqlikka duchor boʻladi. Hisobotga koʻra, bu qashshoqlikni qisqartirish boʻyicha saʻʻy-harakatlarga qoʻshimcha yuk boʻlib, oʻsishni sezilarli darajada toʻxtatadi.

"Oxirgi 60 yil ichida Afrikada isish darajasi oʻrtacha global koʻrsatkichdan tezroq sodir boʻldi. 2023 yilda qitʻʻada halokatli issiqlik toʻlqinlari, kuchli yogʻingarchilik, suv toshqinlari, tropik tsiklonlar va uzoq davom etgan qurgʻoqchilik kuzatildi", - dedi JMT bosh kotibi Selesta Saulo.

“Afrika shoxi, janubi va shimoli-gʻarbiy qismidagi koʻplab mamlakatlar koʻp yillik qurgʻoqchilikdan aziyat chekishda davom etgan boʻlsa-da, boshqa mamlakatlarda 2023 yilda kuchli yogʻingarchilik kuzatilib, katta qurbonlar va iqtisodiy ochibatlarga olib kelgan suv toshqinlari sodir boʻldi", - deya qoʻshimcha qildi u.

Mavzuga aloqador