Yaponiyada 2023 yilda 21,8 mingdan ortiq oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan boʻlib, shundan 1010 tasi oʻquvchi‑talabalar oʻrtasida. Yil davomida 14,8 ming erkak, 6,9 mingdan ziyodroq ayollar suitsidni amalga oshirgan.
Yamanning «Ansorulloh» harakati (husiylar) Adan koʻrfazida Britaniya neftʻ tankeriga hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi. Tarmoqlarda alanga ichida qolgan kema tasvirlari tarqaldi.
Yahudiy matbuoti Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektori shimolini tark etganidan soʻng HAMAS harakati yana eksklavdagi nazoratni qoʻliga olgani va davlat xizmatlarini koʻrsatishni tiklagani haqida xabar berdi.
Madinadagi Masjidi Nabaviyga namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida 25 mingta mikrochipli yangi gilam toʻshaldi. Ushbu chiplar gilamlarning joylashuv oʻrni, tozalash, xushboʻy hidlar bilan ishlov berish kabi jarayonlar vaqtini qayd etib boradi.
AQSh Davlat departamenti Turkiyaga 40 dona F-16 Block qiruvchi samolyotini sotish, mavjud 79 ta F-16 ni modernizatsiya qilish va ularga ehtiyot qismlar etkazib berish boʻyicha rasmiy xabarnoma joʻnatdi. Turkiya Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʻʻqullagani ortidan ushbu qarorga Kongress tomonidan ruxsat berilishi ehtimoli katta.
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu Xalqaro sudning Gʻazo sektorida genotsid holatlari boʻyicha Isroilga qarshi vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi qarorini rad etdi. Isroilning mudofaa va xavfsizlik
Gaagadagi BMT Xalqaro sudi JARning Gʻazo sektorida genotsid uyushtirishda ayblanayotgan Isroilga qarshi JAR daʻʻvosi boʻyicha vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi hukmni eʻʻlon qildi. Xalqaro sud Isroilga Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyaga mos tushuvchi harakatlarni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻrish majburiyatini yukladi.
AQShning Alabama shtatida 1988 yilda buyurtma qotillik uchun oʻlimga hukm qilingan 58 yoshli Kennet Smit ustidan oʻlim jazosi amalga oshirildi. Jarayon ilk bor sof azot yordamida amalga oshirildi. Mahbusni 2022 yilda qatl qilishga urinishgan, biroq amalga oshmay qolgandi.