HAMAS Xalqaro sud qarorini olqishladi
HAMAS harakati BMT Xalqaro sudining JAR tomonidan kiritilgan Gʻazoda Falastin xalqiga qarshi genotsid daʻʻvosi boʻyicha chiqargan hukmini olqishladi.
HAMAS harakati BMT Xalqaro Sudining
Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) ishgʻol
ostidagi Gʻazo sektorida genotsid daʻʻvosi boʻyicha Isroilga qarshi vaqtinchalik
choralar koʻrish haqidagi qarorini olqishladi. Bu haqda Anadolu HAMASning yozma bayonotiga asoslanib xabar qildi.
"Biz xalqaro hamjamiyatni dushmanni (Isroilni) sud
qarorlarini bajarishga majburlashga va xalqimizga qarshi davom etayotgan genotsid
jinoyatini toʻxtatishga chaqiramiz", - deya
taʻʻkidladi harakat.
Sudning Isroilni genotsid, urush jinoyatlari va insoniyatga
qarshi jinoyatlarda aybdor deb topuvchi yakuniy qaroriga koʻra, Isroil rasmiylari
Xalqaro Jinoyat Sudi oldiga keltirilishi va bu jinoyatlar uchun javobgarlikka
tortilishi kerak, deyiladi
bayonotda.
Xuddi shunday qaror Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi
belgilash, oʻz mustaqil davlatini barpo etish va falastinliklar majburan chiqarib
yuborilgan erlarga qaytish huquqlarini tan olishiga yoʻl ochishi ham kerakligi qayd etildi.
HAMAS
JARning Falastin
xalqi va uning kurashiga nisbatan "olijanob va obroʻli" pozitsiyasini
yuqori baholaydi va ushbu
mamlakatning Tel-Aviv ustidan Xalqaro sudga daʻʻvo berish qarorini
qoʻllab-quvvatlagan barcha davlatlarga
minnatdorchilik bildirdi.
Xalqaro sudda
Isroilga qarshi sud
2023 yil 29 dekabrda JAR Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi
konventsiyani buzganligi uchun Isroilga qarshi Xalqaro sudga daʻʻvo arizasi bilan
murojaat qildi.
Har ikki tomonning sudʻyalari tinglangan sud majlisi 11-12
yanvarʻ kunlari Gaagada boʻlib oʻtdi.
Xalqaro sud 26 yanvarʻ, juma kuni Isroilni Genotsid konventsiyasiga
mos tushuvchi
xatti-harakatlarning oldini olish uchun “barcha zarur choralarni” koʻrishi, Gʻazo
sektoridagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan toʻxtatishi va qotillik bilan bogʻliq
har qanday xatti-harakatlar,
eksklav aholisiga qarshi hujumlar va vayronagarchilikdan tiyilishi kerakligi
haqida qaror chiqardi.
Xalqaro sud raisi Joan Donoxʻyuning taʻʻkidlashicha, Isroilning 7
oktyabrdan beri havo, quruqlik va dengiz orqali amalga oshirgan harbiy
amaliyotlari juda katta qurbonlar, fuqarolik infratuzilmasi vayron boʻlishi va aksariyat Gʻazo aholisining koʻchirilishiga
olib keldi.
Sud Isroilga qarshi genotsid ayblovlari "oqilona
darajada" isbotlangan deb qaror qildi.
Sud qaroriga koʻra, falastinliklar Genotsid konventsiyasining
ikkinchi moddasida koʻrsatilgan etnik va diniy guruh taʻʻrifi doirasida koʻrib
chiqilishi mumkin. Sudning taʻʻkidlashicha, Isroil hujumlariga uchragan Gʻazo aholisi
Genotsid konventsiyasining 2-moddasida koʻrsatilgan "himoyalangan guruh"
taʻʻrifiga mos keladi.
Sud qaroriga koʻra, Gʻazodagi halokatli gumanitar vaziyat
"doimiy tahdid" boʻlib, uning oldini olish uchun sud choralarini koʻrish
kerak.
Qaror bir
ovozdan – 15 nafarga qarshi ikki ovoz bilan qabul qilindi.
Bundan tashqari, Xalqaro sud 16 ta ovozga 1 qarshi ovoz bilan Isroildan “Gʻazo
sektoridagi noqulay yashash sharoitlarini” bartaraf etish uchun shoshilinch va samarali
choralar koʻrishni talab etishga
qaror qildi.
Sud Isroilga bir oy ichida koʻrilgan choralar haqida hisobot
taqdim etishni buyurdi.