Xalqaro sud Isroilni genotsidda aybdor deb topmadi
Gaagadagi BMT Xalqaro sudi JARning Gʻazo sektorida genotsid uyushtirishda ayblanayotgan Isroilga qarshi JAR daʻʻvosi boʻyicha vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi hukmni eʻʻlon qildi. Xalqaro sud Isroilga Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyaga mos tushuvchi harakatlarni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻrish majburiyatini yukladi.
26 yanvarʻ
kuni Gaagadagi BMT Xalqaro sudida Janubiy Afrika Respublikasining Isroilni Gʻazo
sektorida falastinliklarga nisbatan tsenotsidda ayblangan daʻʻvosi boʻyicha sud
majlisi boʻlib oʻtdi.
Sud
Isroilga qarshi genotsid ayblovlari "oqilona darajada" isbotlangan deb
qaror qildi.
Xalqaro
sud Gʻazodagi gumanitar fojiadan yaxshi xabardor ekani va insonlarning halok
boʻlishidan chuqur xavotirdaligini bildirdi.
Sud Genotsid
toʻgʻrisidagi konventsiya boʻyicha oʻz majburiyatlarining bir qismini buzgani uchun
Isroilga qarshi vaqtinchalik choralar koʻrish huquqiga ega, deb qaror qildi.
Xalqaro
sud Isroilga Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyaga mos tushuvchi harakatlarni bartaraf
etish uchun zarur choralar koʻrish majburiyatini yukladi.
Sudning
taʻʻkidlashicha, Isroil hujumlariga uchragan Gʻazo aholisi Genotsid konventsiyasining
2-moddasida koʻrsatilgan "himoyalangan guruh" taʻʻrifiga mos keladi.
Sud
qaroriga koʻra, Gʻazodagi halokatli gumanitar vaziyat "doimiy tahdid"
boʻlib, uning oldini olish uchun sud choralarini koʻrish kerak.